Boboqul Rustamov (1928.20.10— Samarqand — 2004.10.3) — terapevt va parazitolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsattan vrach (1968), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1968). SamTIni tugatgan (1948). Shu institut gospital terapiya kafedrasida ordinator (1948—51), assistent (1951—55), dotsent (1957—68), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1964—66), tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1966—75), SamTI gospital terapiya kafedrasi mudiri (1977—95), 1995-yildan professor Ilmiy ishlari gastroenterologiya va parazitologiyaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan. Gipertoniya kasalligida meʼda va meʼda osti bezining funksional oʻzgarishlarini tadqiq qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil