Toshtemir Rustamov
(Rustamov Toshtemirdan yoʻnaltirildi)
Toshtemir Rustamov (1906, Chimkent viloyati, Qorabuloq qishlogʻi — 1943.18.8, Smolensk obl. Dorogobuj rni, Aleksino qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1942-yildan frontda. 1083-oʻqchi polki (Gʻarbiy front 5-armiyaning 312-oʻqchi diviziyasi)ning oʻqchisi. Rustamov 1943-yil 18 avgustda Smolensk obl.ning Dorogobuj rnidagi Borisovka qishlogʻi uchun boʻlgan jangda oʻz tanasi bilan dushman dzoti ambrazurasini berkitgan. 1944-yil 3 iyunda (oʻlimidan soʻng) Kaxramon unvoni berilgan. Toshkent shahri va Sayram tumanidagi maktablardan biriga Rustamov nomi berilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |