Rustem Skibin
Rustem Vladimirovich Skibin (ukraincha: :Рустем Володимирович Скибін, qrim-tatarcha: Rustem Vladimir oğlu Skibin, 1976-yil 6-aprel, Samarqand) – asli qrim-tatarlaridan boʻlgan ukrainalik keramik rassom va kulol. Ukrainada xizmat koʻrsatgan xalq ijodiyoti ustasi (2020). Qrim-tatar rassomlari uyushmasi aʼzosi.
Rustem Vladimirovich Skibin | |
Tavalludi | 1976-yil 6-aprel Samarqand |
Millati | qrim-tatar |
Sohasi | Rassom |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirRustem Skibin 1976-yil 6-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan[1]. Otasining kelib chiqishi yarim ukrainalik, yarim nemis hisoblanadi. Onasi esa qrim-tatar[2].
1991-yilda A.Abdurasulov nomidagi Samarqand sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirgan[3]. Samarqand sanʼat bilim yurtida oʻqib yurgan kezlari ijodiy safar bilan Qrimga tashrif buyurgan. U 1996-yilda kollejni rassom-oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, shundan soʻng Qrimga koʻchib oʻtgan[4].
1996-yildan 2000-yilgacha Simferopoldagi Tavrika kulolchilik korxonasida bosh rassom boʻlgan. 2000-yildan Qrim-tatar rassomlari uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
2000-yilda Simferopol tumani Akropolis qishlogʻida „El-Cheber“ („Ustalar mamlakati“ deb tarjima qilingan) studiyasiga asos solgan[5]. Ushbu studiya 2015-yilda jamoat tashkiloti sifatida roʻyxatga olingan. Mamut Churlu tomonidan toʻplangan Qrim tatarlarining kashtachiligidan bezaklar toʻplamiga asoslanib, u sopol buyumlarni polixromli boʻyash uslubini yaratdi[6]. Uning asosiy asarlari sopol idishlar va laganlardir. Bundan tashqari, usta qandil lampalar, favvoralar, bezak pannolari va cholgʻu asboblarini yasaydi[7]. 2004-yildan beri u „Qrim uslubi“ loyihasining ishtirokchisi, „Chatyr-Dag“ ijodiy uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
Rustem Skibin 2005-yilda Ukraina xalq ijodiyoti ustalari milliy uyushmasi aʼzoligiga nomzod boʻldi. 2005-yildan boshlab Boqchasaroydagi „Chelmekchilar“ bolalar studiyasida dars bergan. 2007-yilda Simferopolda „Cheber-Eli“ (mohir qoʻllar) ijodiy ustaxonasini ochdi[8].
Simferopoldagi Yevromaydon namoyishlari ishtirokchisi[9]. 2014-yil 2-martda Qrimning Rossiyaga qoʻshilishi paytida u oilasi bilan Kiyevga koʻchib oʻtdi va u yerda bir yildan soʻng ijodiy ustaxona ochishga muvaffaq boʻldi. Ukraina poytaxtiga joylashgach „Kiyev shahridagi Qrim-tatarlar jamiyati“ faoliyatida qatnasha boshladi. Ushbu qoʻmitada madaniy rivojlanish qoʻmitasini boshqargan (2014-yildan). Rustem Skibin QrimSOS loyihasining koʻngilli ishtirokchisi hisoblanadi[10].
2021-yilda Ukraina moda haftaligida Rustem Skibin dizayner Polina Veller bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qrim-tatar bezaklari bilan liboslar kolleksiyasi taqdim etildi[11].
Mukofotlar va unvonlar
tahrirRustem Skibin 2020-yil 21 avgustda Ukrainaning davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va maʼrifiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi, muhim mehnat yutuqlari va yuqori professionalligi uchun „Ukrainada xizmat koʻrsatgan xalq sanʼati ustasi“ unvoni bilan taqdirlangan[12].
Adabiyotlar
tahrir- Аблямитова Э. З. Возрождение крымскотатарской керамики в деятельности Рустема Скибина // Крымские Диалоги: Культура, Искусство, Образование. — 2018. — Вып. 4 (12).
Manbalar
tahrir- ↑ „Комитет“ (ru). Землячество крымских татар. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ Зайцев Игорь. „«Мы свою историю мало писали» — художник Рустем Скибин про детство, ремесло и творческий процесс. Часть І“ (ru). QHA (2020-yil 15-sentyabr). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ Терен Тетяна. „Шлях додому. Світ кримськотатарських орнаментів Рустема Скібіна“ (uk). УП.Культура (2018-yil 17-may). 2021-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „«КРЫМСКИЙ СТИЛЬ» РУСТЕМА СКИБИНА“ (ru). Крымская республиканская универсальная научная библиотека им. И. Я. Франко (2020-yil 26-fevral). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ Сластникова Людмила Александровна. КРЫМСКО-ТАТАРСКАЯ КЕРАМИКА НАЧАЛА XXI В. (ИСТОКИ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ) // Кунсткамера. — 2020. — Вып. 1 (7). — С. 160–167. — ISSN 2618-8619. Архивировано 2 sentyabr 2021 года.
- ↑ „Крымскотатарский арт на улицах украинских городов“ (ru). Ислам в Украине (2015-yil 7-may). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ Сластникова Л. А. СОВРЕМЕННАЯ КЕРАМИКА КРЫМА (ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ) // Лавровский сборник: материалы Среднеазиатско-Кавказских исследований: этнология, история, археология, культурология. — СПб, 2007. — С. 202—209. Архивировано 2 sentyabr 2021 года.
- ↑ Серб М. А.. Кераміка України. Видавничий центр «Логос Україна», 2009 — 145-bet. ISBN 978-966-1581-04-2. (Wayback Machine saytida 2021-09-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ Тараненко Андрей. „Первый переселенец из Крыма Рустам Скибин о начале оккупации полуострова, побег в Киев и надежду на возвращение“ (ru). Украинская правда (2021-yil 7-mart). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Рустем Скибин: Возвращение на историческую Родину пролегает через культуру“ (ru). Ислам в Украине (2015-yil 30-iyun). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ Глянько Катерина, Савіна Альона. „На Ukrainian Fashion Week представили новую коллекцию одежды с крымскотатарскими орнаментами“ (ru). Суспільне Крим (2021-yil 9-fevral). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №335/2020“ (uk). Офіційне інтернет-представництво Президента України. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.