Rustoq (fors.qishloq) — Oʻrta Osiyo, Eron va qisman arab mamlakatlarida qoʻllangan tarixiygeografik tushuncha. Qishloq, shahar, ovul, bozor, oʻzlashtirilgan oʻlka, oʻtroq aholi yashaydigan joy, ekin maydoni, obodonlashtirilgan shahar kabi maʼnolarga ega. Oʻrta Osiyo va Eron moʻgʻullar tomonidan istilo etilgach, Rustoq oʻrniga «tuman» atamasi qoʻllanila boshlagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil