Ruth von Mayenburg (talaffuzi: Rut fon Mayenburg; 1907-yil 1-iyul, Srbice1993-yil 26-iyun, Vena) — avstriyalik yozuvchi va jurnalist, Avstriya Kommunistik partiyasi vakili, sovet razvedkasi xodimi. Zodagonlar oilasidan chiqqan boʻlgan boʻlib, „Qizil grafinya“ (nemischa: „Die rote Gräfin“ ) laqabi bilan tanilgan.

Ruth von Mayenburg
Taxallus(lar)i Qizil grafinya (nemischa: Die rote Gräfin ), Lena, Ruth Fisher, Ruth Weeden
Tavalludi 1-iyul 1907-yil
Srbice, Bogemiya qirolligi, Avstriya-Vengriya imperiyasi
Vafoti 26-iyun 1993-yil(1993-06-26)
(85 yoshda)
Vena, Avstriya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Avstriya bayrogʻi Avstriya
Qoʻshin turlari razvedka, siyosiy tashviqot guruhi
Xizmatdagi yillari 1934—1945
Unvoni polkovnik
Qoʻmondonlik qilgan Belorussiya fronti front tashviqot guruhi
Jang/urush Ulugʻ Vatan urushi
Turmush oʻrtogi

Ernst Fischer

Kurt Diman Dichtl
Isteʼfoda Avstriya-Sovet jamiyati bosh kotibi, yozuvchi, memuarlar muallifi

Biografiyasi

tahrir

Kelib chiqishi

tahrir

Mayenburg 1907-yil 1 iyulda Srbice shahrida (hozirgi Chexiyada joylashgan) zodagon va kon egasi Max Heinsius von Mayenburg oilasida tugʻilgan. Oilada kenja qiz farzand boʻlgan. Bolaligini Teplitz-Schönau (hozirgi Teplice) shahrida oʻtkazgan[1]. Amakisi Ottomar Heinsius von Mayenburg farmatsevt va „Chlorodont“ tish pastasining ixtirochisidir[1].

Yoshligi

tahrir

Mayenburg yoshligidanoq siyosatga qiziqa boshlagan. 1929—1930-yillarda Drezden oliy texnika maktabida arxitektura boʻyicha tahsil olgan. Keyin esa Venadagi Jahon savdosi oliy maktabida oʻqigan. Mayenburg 1930-yildan boshlab Avstriya poytaxtida onasining dugonasi baronessa Antoinette (Netka) von Latscher-Lauendorf bilan birga yashay boshlaydi, baronessaning sevgilisi Avstriyaning boʻlajak prezidenti Theodor Körner boʻlgan. 1932-yildan Mayenburg Avstriya sotsial-demokratik partiyasi va Sotsialistik yoshlar fronti aʼzoligiga oʻtadi. Lutscher-Lauendorff va Körnerlar Mayenburgning sotsialistlar orasiga kirishiga yordam berishgan, guruhdagi Elias Kanetti va Arbeiter-Zeitung gazetasi muharriri Ernst Fischer (boʻlajak turmush oʻrtogʻi) Mayenburgning eng yaxshi doʻstlari boʻlishgan.

Avstriyadan qochishi

tahrir

1934-yilda Avstriyada Republikanischer Schutzbund (Avstriya sotsial-demokratik partiyasining harbiy tashkiloti) aʼzolari boʻlgan ishchilarining qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtib, ular mamlakatni Engelbert Dollfuss tomonidan zoʻravonlik yoʻli bilan fashistlashtirayotganiga qarshi chiqqan edilar. Dollfuss SS jangarisi tomonida oʻldirilganiga qaramay, qoʻzgʻolon bostiriladi, bu esa sotsial-demokratik partiyasining tugatilishiga olib keladi. Sobiq sotsial-demokratlarning koʻpchiligi xorijga qochib ketishadi, baʼzilari esa Kommunistik partiyaga qoʻshiladilar. Kommunistik partiyaga qoʻshilganlar orasida Ernst Fischer va uning rafiqasi ham bor boʻlgan. Nihoyat mamlakatda avstrofashizm tuzumi oʻrnatilgandan soʻng, Fischer va uning rafiqasi birinchilardan boʻlib Chexoslovakiyaga qochib ketishadi, bu yerda Ernst Komintern matbuot xizmatida ishlay boshlaydi[2] . Tez orada Mayenburg yashirin kommunistik faoliyati tufayli jinoyatchi deb topilagani uchun SSSRga ketishga majbur boʻladi.

SSSRdagi faoliyati

tahrir

Moskvadagi Schutzbund tashkilotining paradida qatnashganidan keyin tez orada Mayenburg Qizil Armiya razvedka boshqarmasiga ishga qabul qilinib, „Lena“ laqabini oladi. 1934-yildan 1938-yilgacha bir qator qiyin va xavfli vazifalarni bajargan: Germaniya boʻylab koʻp sayohat qiladi[2]. 4 yil ichida avvaliga mayor [2], keyin esa polkovnik unvoniga ega boʻladi. Uning vazifasi kommunistik yashirin tuzilmalar bilan aloqalarni tiklash va maʼlumot toʻplashi boʻlgan. Razvedkadagi asosiy yutugʻi Vermaxt va Urush vazirligiga muxolif boʻlgan kuchlari safiga kirish boʻlgan. Mayenburg von Hammerstein-Equordlar oilasi bilan shaxsan tanish boʻlgan. Bular muxolifat rahbarlaridan biri va Gitlerga qarshi fitnaning boʻlajak rahbari general Eduard Kurt von Hammerstein-Equord, uning qizi, Germaniya Kommunistik partiyasining maʼlumotchisi Helga va Eduardning yana ikkita oʻgʻli. Mayenburg Vermaxtning keyingi uch yildagi harbiy hujumlari, Germaniyaning mudofaa qobiliyati, Vermaxt kuchlarini qayta qurollantirish rejalari va sur’ati, Germaniyaning Italiya bilan harbiy hamkorligi va maxfiy loyihalari haqida koʻp maʼlumotlariga ega chiqqan . Topshirqlarning birida poyezdda hatto Lion Feuchtwanger bilan uchrashgan[1]. Kliment Voroshilov shaxsan „Qizil grafinya“ga SSSRga koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.

Yejovshchina boshlangandan soʻng, Mayenburg razvedkani tark etishga majbur boʻladi va Komiternda ishlashda davom etadi. Moskvadagi „Lyuks“ mehmonxonasi 271-xonada „Ruth Weeden“ (uning eri Ernst Fischerning „Peter Weeden“ nomiga olingan pasporti bor boʻlgan) nomidagi hujjatlar ostida yashagan[3]. Bu mehmonxonada kommunizmning koʻplab arboblari, jumladan, Ho Chi Min va Zhou Enlai kabilar ham istiqomat qilishgan. Keyinchalik Mayenburg oʻz boshidan kechirganlarini „Hotel Lux“ kitobida tasvirlab beradi. Taxminlarga koʻra, Mayenburg NKVD hibsga olishga uringan fin siyosatchisi Toivo Antikainenning oʻz joniga qasd qilganiga guvoh boʻlgan[4]. Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan soʻng, Mayenburg Komintern Ijroiya qoʻmitasining matbuot boʻlimida referent va nemis tilidagi radiostansiyada diktor boʻlib ishlay boshlaydi. Komintern tarqatib yuborilgandan soʻng Qizil armiyaning bosh siyosiy boshqarmasiga ishga joʻnatilgan. 1943-yilning kuzidan boshlab Belorussiya frontida front tashviqot guruhini boshqargan va 1944-yil yanvardan avstriyalik harbiy asirlar orasida ishlash huquqini olgan. Urush oxirida BKP (b) markaziy qoʻmitasining xalqaro axborot boʻlimi qoshidagi 99-sonli institutda ishlagan.

Avstriyaga qaytishi

tahrir

1945-yil iyul oyida Mayenburg va Ernst Fischer oʻz vataniga qaytishadi. Fischer Kominternda ishlashni davom ettiradi[5], bu yerda Mayenburg Avstriya-Sovet jamiyati kotibi boʻlgan. Mayenburg ssenariysi asosida Willi Forstning „Vena qizlari“ (nemischa: Wiener Mädeln ) filmi suratga olingan. Tez orada Mayenburg Fischer bilan ajrashadi va 1966-yilda Avstriya Kommunistik partiyasidan chiqib, oʻz xotiralarini yozishni boshlaydi. 1978-yilda nashr etilgan „Hotel Lux“ kitobida Moskva mehmonxonasida besh yil yashaganligi, shuningdek mehmonxona haqidagi barcha ajoyib voqealar va qiziqarli faktlarni tasvirlab beradi[3][6]. Shuningdek, Mayenburg „Moviy qonlar va qizil bayroqlar“ (nemischa: Blaues Blut und rote Fahnen ) kitobida koʻplab sobiq partiya aʼzolarini tanqid qilgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

13 yoshida Mayenburg opasi Feli ning toʻyida aristokrat Hansi von Herder bilan unashtirilgan[7]. Von Herder tez orada Sturmabteilungning rahbariga aylanadi va „Uzoq pichoqlar kechasi“da oʻldiriladi. 23 yoshida Alexander-Edzard von Asseburg-Neindorf bilan uchrasha boshlaydi, lekin tez orada u bilan munosabatlarini uzib, Freikorps generali Kurt Freiherr von Hammerstein-Equord bilan yaqin munosabatlar oʻrnatadi[1][8]. 1932-yilda Mayenburg Ernst Fischerga turmushga chiqadi. 1954 yilda Fischer bilan ajrashib[1], ikkinchi marotaba konservativ jurnalist Kurt Diman Dichtlga turmushga chiqadi.

1993-yil 26-iyunda Vena shahrida vafot etgan.

Kitoblari

tahrir
  • Blaues Blut und rote Fahnen. Revolutionäres Frauenleben zwischen Wien, Berlin und Moskau. 1969. ISBN 3900478724 (Promedia Verlag 1993)
  • Hotel Lux. Bertelsmann Verlag (1978) ISBN 3570022714
  • Hotel Lux. Das Absteigequartier der Weltrevolution. 1979. ISBN 3492113559 (Piper Verlag GmbH 1991)
  • Hotel Lux — die Menschenfalle. Elisabeth Sandmann Verlag GmbH 2011. ISBN 3938045604

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 «Köstliche Entdeckung» Der Spiegel (November 3, 1969). Retrieved November 14, 2011(olm.)
  2. 2,0 2,1 2,2 "Nachts kamen Stalins Häscher", p. 98
  3. 3,0 3,1 "Nachts kamen Stalins Häscher", p. 94
  4. Mayenburg, Ruth von. Hotelli Lux; perevod na finskiy. Antti Virtanen; Antikainen, Dimitrof, Fischer, Ho Tshi Minh, Kuusiset, Pieck, Rakosi, Slansky, Sorge, Tito, Togliatti, Tshou En-lai, Ulbricht, Wehner Kominternin hotellissa
  5. "Nachts kamen Stalins Häscher", p. 102
  6. "Nachts kamen Stalins Häscher", pp. 98, 100, 102, 105
  7. «Nachts kamen Stalins Häscher» Der Spiegel (October 16, 1978), p. 95.(olm.)
  8. «Nachts kamen Stalins Häscher» Der Spiegel (October 16, 1978), p. 95.(olm.)

Adabiyotlar

tahrir

Ruscha kitoblar

tahrir

Xorijiy tildagi kitoblar

tahrir
  • Hans Magnus Enzensberger : Hammerstein oder der Eigensinn. Eine deutsche Geschichte. Frankfurt am Main: Suhrkamp 2008. ISBN 978-3-518-41960-1

Havolalar

tahrir