Rutil
Rutil (lot. rutilus — sargʻishqizil) — oksidlar sinfiga mansub mineral. TiO2 titan oksidining 3 polimorf modifikatsiyasidan biri. Izomorf shaklida Fe, Cr, Nb, Ta, V, Sn qoʻshimchalari boʻladi. Ta2O5 qoʻshimchasi 47% gacha boʻlsa stryuverit; Nb2O5 (42% gacha) — ilmenorutil, temir qoʻshilsa — nigrin deb ajratiladi; Tetragonal singoniyada kristallanadi. Kristallari prizmatik, ustunsimondan ninasimon shaklgacha. Rangi qizgʻishqoʻngʻir, toʻq qoʻngʻir, sargʻish, koʻkimtir, qora, baʼzan yashil boʻladi. Qattiqligi 6,5. Zichligi 4200 kg/m³. Moʻrt R. — titan rudalarining muhim komponenti, lokboʻyoq va elektrod i.ch.da, zargarlikda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |