Ryuichi Kihara (yaponcha: 木原 龍; 1992-yil 22-avgustda tugʻilgan) — Yaponiya vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Riku Miura bilan birga 2022-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan

Ryuichi Kihara

Kihara, 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi 木原 龍一
Davlat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavalludi 22-avgust 1992-yil (1992-08-22) (32 yosh)
Ichinomiya, Aichi
Yashash joyi Tōkai, Aichi
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Sherigi Riku Miura
Oldingi sheriklari Narumi Takahashi
Miu Suzaki
Jamoasi Kinoshita Club
Uchishni boshlagan 1996
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 78.25
Erkin dastur 141.04

Ryuichi avvalroq 2014 va 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Yaponiya vakili boʻlgan Narumi Takahashi va Miu Suzaki bilan juftlikda ishtirok etgan Miu Suzaki bilan birga ikki karra Asian Open Trophy musobaqasi sovrindori va 2017-yilgi Yaponiya milliy chempionatining oltin medal sohibi boʻlgan. Juftlik Toʻrt qitʼa chempionatida va Gran-pri seriyasida ishtirok etgan..

Yakka holda konkida uchuvchi sifatida Ryuichi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasining ikki karra bronza medali sovrindori boʻlgan

Faoliyati

tahrir

2016—2017-yilgi mavsum

tahrir

Ryuichi 2015-yil iyun oyida Miu Suzaki bilan juftlik hosil qilgan.

Miu Suzaki / Kihara juftligi 2016-yil avgust oyi boshida Manilada boʻlib oʻtgan Asian Open Trophy musobaqasida birinchi xalqaro medalini (bronza) qoʻlga kiritganidan soʻng, dekabr oyida Yaponiya chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik fevral oyida Janubiy Koreyaning Gangneung shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida qisqa dasturda oʻn ikkinchi va erkin dastur boʻyicha oʻn toʻrtinchi oʻrinni egallab, umumiy hisob bilan jamoalar orasida oʻn uchinchi oʻrinni egallagan[1].

2017—2018-yilgi mavsum

tahrir

Suzaki / Kihara juftligi o‘z mavsumini 2017-yil avgust oyida Asian Open Trophy musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan holda boshlagan. Gran-pri debyutini amalga oshirgan juftlik noyabr oyida 2017 NHK Trophy turnirida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2017—18-yilgi Yaponiya chempionatida birinchi milliy chempionlikni qo‘lga kiritgan va 2018-yili Pxyonchxanda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi uchun Yaponiya vakili sifatida tanlangan. Fevral oyida boʻlib oʻtgan bu Olimpiadada juftlik ham jamoaviy, ham shaxsiy musobaqalarda ishtirok etgan[2]. Juftlik 2018 -yilgi Jahon chempionatida oʻz mavsumini yakunlagan, chempionatda 24-oʻrinni egallab, erkin dastur namoyishidan chetlatilgan[3].

Dasturlari

tahrir

( Miu Suzaki bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2018—2019

2017—2018

  • Yuri on Ice

    Taro Umebayashi
2016—2017

2015—2016
  • Let it go

Natijalari

tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi

Miu Suzaki bilan

tahrir
Xalqaro
Tadbir 15—16 16—17 17—18 18—19
Olimpiada 21
Jahon chempionati 24 WD
Toʻrt qitʼa 13 8 WD
GP Finlandiya 8
GP NHK Trophy 8 8
CS Finlandia Trophy 10
Asian Open Cup 3 2
Milliy
Yaponiya chempionati 3 2 1 1
Jamoa tadbirlari
Olimpiada 5-T

Manbalar

tahrir
  1. „Miu SUZAKI / Ryuichi KIHARA: 2018/2019“. International Skating Union. 2019-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „須﨑 海羽/SUZAKI Miu 木原 龍一/KIHARA Ryuichi“ (Japanese). Japan Skating Federation. 2019-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Miu SUZAKI / Ryuichi KIHARA: 2017/2018“. International Skating Union. 2018-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.