Sälinkää
Sälinkää (fincha talaffuzi: [ˈsæliŋkæː]; shvedcha: Sellinge) — Finlandiyaning Uusimaa viloyatida joylashgan Mäntsälä munitsipalitetidagi qishloq. 2020-yildagi qishloq aholisi 200 nafardan ortiq edi[1]. Sälinkää Mäntsalä munitsipal markazidan shimoli-gʻarbda 11 kilometr (6.8 mi) va Hausjärvi munitsipalieti markazi, Oitti qishlogʻidan janubi-sharqda 17 kilometr (11 mi) masofada joylashgan. Hausjärvidan Mäntsalägacha boʻlgan 1471-shimoliy-janubiy yoʻl qishloq orqali oʻtadi. Sälinkää yaqinida Kilpijärvi koʻli joylashgan[2].
Sälinkää shvedcha: Sellinge | |
---|---|
Qishloq | |
60°47′0″N 25°9′0″E / 60.78333°N 25.15000°E | |
Mamlakat | Finlandiya |
Aholisi (2020-yil 31-dekabr) |
242 |
|
Sälinkää qishlogʻi asosan tarixiy Sälinkää manori (Sälinkään kartano) yaqinida qurilgan. Bugungi kunda manor turli tadbirlar oʻtkaziladigan bron qilnadigan restoran sifatida ishlaydi[3]. Qishloqda xizmat koʻrsatadigan boshqa muassasalar qatoriga ikkita maktab — Sälinkää maktabi va Lukko maktabi[4][5], bitta bolalar bogʻchasi[6] va koʻngillilar oʻt oʻchirish boʻlimi kiradi[7]. Bundan oldin qishloqda umumiy doʻkon ham bor edi, u 2022-yil iyun oyida faoliyatini toʻxtatdi[8].
Uusimaa hukumati Sälinkääni 2008-yilda „Uusimaaning yil qishlogʻi“ deb eʼlon qildi[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Taajamat väkiluvun ja väestöntiheyden mukaan, 2020“ (fi). Tilastokeskuksen PxWeb-tietokannat. Statistics Finland. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Kilpijärvi“ (fi). Järviwiki. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Tervetuloa Sälinkään kartanoon“ (fi). Salinkaankartano.fi. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Sälinkään koulu“ (fi). Peda.net. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Lukon koulu“ (fi). Peda.net. 2022-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Sälinkään päiväkoti“ (fi). Suomi.fi. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Kumppaneitamme“ (fi). Mäntsälän VPR ry. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Sälinkään kyläkauppa lopettaa kesäkuun lopulla“ (fi). Mäntsälän Uutiset (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Sälinkää valittiin vuoden uusmaalaiseksi kyläksi“ (fi). Mäntsälän Yrityskehitys. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.