Antraxinon
(S14N8O2dan yoʻnaltirildi)
Antraxinon (yun. anthrax — koʻmir va hina — kechua xindulari tilida — xinon daraxti poʻstlogʻi), S14N8O2 — aromatik keton; mol.m. 208,20, sargish kristall; suyuqlanish temperaturasi 287°, kay-nash temperaturasi 377°. Anilin, nitrobenzol va issiq toluolda eriydi. A. antratsenni oksidlab yoki ftal kislota angidridiga alyuminiy xlorid katalizatorligida benzol taʼsir ettirib olinadi. U turli reaksiyalarga kirisha oladi, lekin oʻrin almashish reaksiyalariga juda qiyin kirishadi. A. turli oksidlovchilar taʼsirida ishqoriy muhitda alizaringa ay-lanadi. A.da karbonil guruhlar borligi tufayli uning xossalari ketonlar va xi-nonlarning xossalariga oʻxshaydi. A. an-traxinon boʻyoqlar olishda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |