Metiletilketon
(SN3SOS2N5dan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metiletilketon (2-butanon), CH3COC2H5 — atsetonni eslatuvchi hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik. Mol. m. 72,12. Suyuqlanish temperaturasi —86,3°, qaynash temperaturasi 79,6°, zichligi 805 kg/m3. Suvda eruvchanligi massasi jihatdan 26,8%. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash temperaturasi 73,41°; 88,7% M.) hosil qiladi. Organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Alifatik ketonlarga tavsifli kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Sanoatda M. butenlardan olinadi. Perxlorvinil, poliakril lokboʻyoq materiallar va yelimlar, bosmaxona boʻyoklari uchun erituvchi sifatida, surkov moylarini parafindan, parafinni esa moylardan tozalashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |