Olein kislota
(SN3 7sn=sn 7soondan yoʻnaltirildi)
Olein kislota (lotincha oleum - yog , moy), CH3(CH2)7CH=CH(CH2)7COOH— bir asosli toʻyinmagan yogʻ kislota. Mol. m. 282,46, kristall holdagi 2 ta modi-fikatsiyasi (a,R) bor: a - shaklining suyuqlanish temperaturasi 13,4°, (3- shaklining suyuqlanish temperaturasi esa 16,3°. Qaynash temperaturasi 225—226°. Olein kislota — tabiatda keng tarqalgan kislotalardan biri; hayvon va oʻsimlik yogʻlarida triglitserid holidauchraydi. Olein kislota lok, emal, alifmoy va boʻyoqlarning asosi boʻlib xizmat qiladi. Baʼzi efirlari sellyuloza plastifikatorlari sifatida ishlatiladi. Olein kislota tuzlari sovundir[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |