Saša Čađo
Saša Čađo (1989-yil 13-iyul, Sarayevo) — serbiyalik basketbolchi.
Saša Čađo | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Serbiya |
Tavallud sanasi |
13-iyul 1989-yil Sarayevo, Bosniya va Gersegovina |
Faoliyat yillari | 2006— |
Boʻyi | 1.78 m |
Sport | |
Qaysi sport | Basketbol |
Serbiya terma jamoasi safida Rio-de-Janeyrodagi yozgi olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. 2015 yilda Vengriya va Ruminiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati va 2021-yilgi Yevropa chempionatlarida gʻolib chiqqan. Ispaniya va Fransiyadagi jahon chempionati hamda 2019 yilda Serbiya va Latviyada oʻtkazilgan Yevropa chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
tahrirKlublar
tahrirSaša professional faoliyatini 2006-yilda Mladi Krajišnik basketbol klubida boshlagan. Mazkur klub safida Serbiya Respublikasi kubogini qoʻlga kiritgan. Keyin Sarayevoning Željezničar klubi safiga oʻtgan. Željezničardagi faoliyati davomida ikki marta Bosniya va Gersegovina chempionatida va bir marta Bosniya va Gersegovina kubogida gʻolib boʻlgan. 2009-yilda Serbiya chempionatidagi Hemofarm (hozirgi Vršac) jamoasi safiga qoʻshilgan va klub bilan 2010 va 2012-yillarda ikki marta Serbiya kubogini qoʻlga kiritishga erishgan. 2013-yilda „Partizan“ tarkibida Čađo Serbiya chempionati, Serbiya kubogi va ayollar basketbol ligasida gʻolib chiqqan. 2013—2014-yilgi mavsumni Ruminiyaning Alba Iulia jamoasida, 2014—2015-yilgi mavsumni esa Turkiyaning „Canik Belediye“ jamoasida oʻtkazgan. 2015-yildan buyon İstanbul Üniversitesi sport klubi sharafini himoya qilmoqda.
Terma jamoa
tahrirSaša Čađo Bosniya va Gersegovina yoshlar terma jamoalari safida bir nechta bahsda ishtirok etgan. Ammo keyinchalik Serbiyada oʻynashga qaror qilgan. Shunday qilib, 2013-yilgi Yevropa chempionatiga Serbiya terma jamoasi basketbolchisi sifatida yoʻl olgan va yirik xalqaro turnirlardagi debyutini amalga oshirgan. Serblar oʻtkazgan 9 oʻyinda Saša Čađo 33 ochko (shundan 11 tasi Turkiyaga, 10 tasi Ispaniyaga qarshi oʻyinda) toʻplagan[1]. 2014-yilgi jahon chempionatida Serbiya chorak finalga qadar yetib borgan: Saša 7 oʻyindan 6 tasida maydinga tushib, 18 ochko (Xitoy, Turkiya va Angola bilan oʻyinlarda 6 ochko) toʻplagan[2]. Serbiya gʻalaba qozongan 2015-yilgi Yevropa chempionatida Sasha 10 ta oʻyindan 6 tasida maydonga tushgan[3]. Serbiya ayollar terma jamoasining Yevropa chempionatidagi gʻalabasi mamlakat basketboli tarixidagi birinchisi boʻlgan va jamoaga olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini ham taqdim etgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Statistika vistupleniy Sashi Chadjo na chempionate Yevropi 2013 (FIBA) (ingl.)
- ↑ Statistika vistupleniy Sashi Chadjo na chempionate mira 2014 (FIBA) (ingl.)
- ↑ Statistika vistupleniy Sashi Chadjo na chempionate Yevropi 2015 (FIBA) (ingl.)
- ↑ „Serbia women win EuroBasket title, gain first Olympics berth“ (en). espn.go.com. Associated Press (2015-yil 29-iyun). 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.