Saydulla Begaliyevich Begaliyev (1954-yil, Oltinkoʻl tumani - 2021-yil 17-dekabr, Toshkent shahri.) — oʻzbek davlat arbobi. 2003-yil 25-maydan 2004-yil 25-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri. 2004-yil 25-maydan 2006-yil 13-oktyabrgacha Andijon viloyati hokimi[1].

Saʼdulla Begaliyevich Begaliyev
 Andijon viloyati hokimi
Mansab davri
2004-yil 25-may – 2006-yil 13-oktabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Qobiljon Obidov
Vorisi Ahmadjon Usmonov
 Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
2003-yil 25-may – 2004-yil 25-maygacha
Prezident Islom Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1954-yil
Vafoti 2021-yil17-dekabr
Toshkent
Dini islom
Maʼlumoti oliy

Biografiyasi

tahrir

Saydulla Begalievich Begaliev 1954-yilda Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida tugʻilgan. 1979-yilda Farg‘ona politexnika institutini tugatgan.

Turli yillarda Oltinko‘l tumanidagi qurilish tashkilotlarida turli vazifalarda, tuman ijroiya qo‘mitasi raisining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1993-yildan 2001-yilgacha Izboskan tumani hokimi, 2001—2003-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 2003-yilda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari,

2003-yil 25-maydan 2004-yil 25-mayigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlagan [2][3].

2004-yil 25-maydan 2006-yil 13-oktyabrgacha Andijon viloyati hokimi siaftida viloyatni boshqargan[4].

Saydulla Begaliyev 2021-yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Andijon viloyati Kengashining sessiyasi Qaralgan sana=13.08.2024“ (press.natlib.uz/uz).
  2. „"Qishloq hayoti" gazetasi 2004-yil 26-mart soni "C.Бегалиевни Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ ва сув хўжалиги вазири этиб тайинлаш тўғрисида" Qaralgan sana=13.08.2024“ (press.natlib.uz).
  3. „Новости: Июль 2004 г.“. www.cawater-info.net. 2018-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  4. „БЕГАЛИЕВ Сайдулло Бегалиевич | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  5. „Andijon viloyatining sobiq hokimi Saydullo Begaliyev 67 yoshida vafot etdi Qaralgan sana=13.08.2024“ (daryo.uz).