Saʼdulla Xoja xazirasi
Saʼdulla Xoja xazirasi (Saʼdulloh Xoja xazirasi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XIX asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Saʼdulla Xoja Xazirasi Chor Bakr meʼmoriy majmuasi xonaqohi janubida joylashgan boʻlib, kiraverish darvozasi ikki tomonidan 6 ta hujrasi mavjud. Mazkur hujralar chillaxona vazifani ham bajargan. 1986-yilli xazirada olib borilgan taʼmirlash natijasida eshiklari qayta tiklangan. Eshiklar gujum yogʻochidan qilingan va yuz qismi kandakoriy va kubbakoriy naqshlar bilan bezatilgan. Hazira kirish darvozasi ikki tabaqali boʻlib, usti yopiq ushturgardanlar bilan bezatilgan boʻlib, ular orasi esa osma sharafalardan iborat. Hazirada sagʻona qabrlar mavjud. Hazira ichkarisidagi sharq tomonida ayvon joylashgan. Hazira tom qismi ikkita gumbazdan iborat. Gumbazlar oddiy naqshlar bilan bezatilmagan va obigʻishtdan bezak sifatida foydalanishgan. Ichkari hovlida yozgi tilovatxona joylashgan. Mazkur xazirada qorilar tilovat qilib turgan. Ular vaqf yerlaridan tushgan mab;agʻlar evaziga maosh olgan. Saʼdulla Xoja Xazirasida ertalabdan to kun botgunnga qadar 2 ta qori tilovat qilgan. Hazirada 110 ta qabr mavjud. Ayrim sogʻonalardan ikkinchi marta ham foydalanishgan va baʼzilarida toshbitiklar bor. Toshbitiklar asosan fors tilida bitilgan, arab tilida esa oyatlar koʻchirilgan. Ushbu xazirada 2 ta qabrtoshning yozuvlari saqlanib qolgan. Birinchi qabr tosh bitik fors tilida bitilgan. Ushbu qabr Nurchuchuk poshshoga tegishli boʻlib, u Gavharbonu Sultonim qizi boʻlgan. Ikkinchi qabrdagi bitik ham fors tilida boʻlib, 1858-yilda vafot etgan boʻlgan. Mazkur xazira atrofi devorlar bilan oʻrab olingan[1]. Mazkur xazira uchun Jo’yboriy xojalari koʻplab yerlarni vafq qilgan, va shu hisobidan xazira taʼmirlangan[2]. Hozirgi kunda xazira yaxshi holatda saqlangan.
Saʼdulla Xoja xazirasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Saʼdulla Xoja xazirasi Saʼdulloh Xoja xazirasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | xazira |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XIX asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Qavatlar soni | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ Чор Бакр 2001, s. 84-85.
- ↑ Тўраев 2007, s. 253.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.
- Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309-bet.