Sabah davlat masjidi (malaycha: Masjid Negeri Sabah) – Malayziyaning Sabah viloyati, Kota-kinabalu shahrida joylashgan davlat masjidi[1].

Masjid
Sabah davlat masjidi
malaycha: Masjid Negeri Sabah
Sabah davlat masjidi
Mamlakat  Malayziya
Sabah Kota-kinabalu
Koordinatalar 5°57′36″N 116°4′2″E / 5.96000°N 116.06722°E / 5.96000; 116.06722
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Dato Baharuddin Abu Kassim
Binokorlik 19701975
Oʻlchami 5000 namozxon
Gumbazlar soni 17
Gumbazlar soni 17
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Tarixi

tahrir

Sabah masjidining qurilish ishlari 1970-yilda boshlangan va 1975-yilda yakunlangan. Inshoot dizayni Dato Baharuddin Abu Kassim boshchiligidagi arxitektor Jurubina Bertiga tomonidan yaratilgan. Masjid 1977-yilning 28-iyunida oltinchi Yang di-Pertuan Agong Kelantan sultoni Yahyo Petra tomonidan rasman ochib berilgan.

Arxitekturasi

tahrir

Sabah davlat masjidi oʻzining kulrang devorlari va zarhal naqshli yaltiroq mahobatli gumbazlari bilan meʼmorchilik durdonalaridan biri hisoblanadi. Inshoot Jalan Tunku Abdul Raman markazida joylashgan boʻlib, islom meʼmorchiligi va zamonaviy dizaynning noyob uygʻunligini oʻzida aks ettirgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 5000 tagacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi[2].

Sabah davlat maqbarasi

tahrir

Masjid yaqinida Sabah davlat maqbarasi joylashgan. 1976-yil 6-iyun kuni „Double Six Tragedy“ aviahalokatida halok boʻlgan Sabah bosh vaziri (1976) Tun Fuad Stephens ushbu maqbaraga dafn etilgan birinchi inson boʻlgan.

Mashhur dafn marosimlari

tahrir
  • Tun Fuad Stephens (Donald Stephens) – Sabah shtati Yang di-Pertua Negeri gubernatori (1973–1975) va Sabah bosh vaziri (1963–1964, 1973–1976), 1976-yilda vafot etgan.
  • Tun Mohd Hamdan Abdulloh – Sabah shtat gubernatori (1975–1977), 1977-yilda vafot etgan.
  • Tun Pengiran Ahmad Raffae – Sabah shtati gubernatori (1965–1973), 1995-yilda vafot etgan.
  • Tun Muhammad Said Keruak – Sabah shtati gubernatori (1987–1994),1995-yilda vafot etgan.
  • Tun Muhammad Adnan Robert – Sabah shtati gubernatori (1979–1987), 2003-yilda vafot etgan.
  • Tun Sakaran Dandai – Sabah shtati gubernatori (1995–2002), 2021-yilda vafot etgan.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „MASJID NEGERI, SABAH“. 2023-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
  2. „Sabah State Mosque“.

Havolalar

tahrir