Sabzavot boʻztikani
Sabzavot boʻztikani, poliz boʻztikani (lotincha: Sónchus oleráceus) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik, sust shoxlanadi, boʻyi 30—80 sm. Barglari patsimon kesilgan, yashil. Gullari sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Maysalari erta bahorda unib chiqadi. Aprel mayda gullaydi, may—iyunda mevalaydi. Urugʻlari juda unuvchan. Unishi uchun eng qulay harorat 15—25°, lekin bundan yuqoriroq haroratda (35° gacha) urugʻi yaxshi unadi. Ildizi oʻq ildiz. Oʻq ildizidan koʻplab yon ildizlar chiqaradi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan barcha ekinzorlarda (koʻproq bedazorlarda) begona oʻt tariqasida uchraydi.
Sabzavot boʻztikani | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Kurash choralari: yerni kuzda shudgorlash; makkajoʻxori dalalarida simazin va paxta maydonlarida gerbidlardan kotoraya, kotofor yoki prometrin purkaladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |