Sadbarxon Mamitova
Sadbarxon Mamitova (1966-yil, Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR – 2021-yil 31-iyul Andijon shahri, Oʻzbekiston) – 2020-yil 4-martdan 2021-yil 31-iyulgacha Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi.
Sadbarxon Mamitova | |
---|---|
Bo‘ston tumani hokimi | |
Mansab davri 2020-yil 4-mart – 2021-yil 31-iyul | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1966-yil 12-dekabr Jalaquduq tumani |
Vafoti |
2021-yil 31-iyul Andijon shahri |
Oʻlim sababi | xastalik |
Millati | o‘zbek |
Siyosiy partiyasi | "Milliy tiklanish" |
Taʼlim | Toshkent davlat agrar universiteti |
Kasbi | agronom |
Dini | islom |
Tarjimail holi
tahrirSadbarxon Mamitova 1966-yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tugʻilgan, 1982—1986-yillarda Namangan qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqigan, 1993-yil Toshkent davlat agrar universitetini (sirtqi) tamomlagan. U uzoq yillar Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Xususan, 2007—2008-yillarda tuman hokimi oʻrinbosari – tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻlgan, 2011—2017-yillarda Jalaquduq tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan "Yuksalish" umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy boʻlimiga rahbarlik qilgan.
„Daryo“ muxbirining qayd etishicha,[1] Boʻston tumaniga hokim etib tayinlangan Sadbarxon Mamitova 1993—2005-yillarda Jalaquduq tumaniga rahbarlik qilgan Manzura Egamovaning shogirdi hisoblanadi. Sadbarxon Mamitova oʻqishni bitirib kelganidan soʻng, bevosita Manzura Egamovaning qoʻl ostida ishlab, rahbarlik lavozimlariga koʻtarilgan.
Vafoti
tahrirMaʼlumotlarga koʻra, Sadbarxon Mamitova 2013—2015-yillar oraligʻida oʻt pufagida mavjud xastalik bois jarrohlik muolajasini olgan. U 2021-yilning iyun-iyul oylarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida ichak kasalligi boʻyicha davolangan, biroq oʻt pufagini lazer nuri orqali olish jarayonida nur ichak tizimlariga shikast yetkazgan va yillar davomida chirish holatiga olib kelgan. Iyun oyida kasallik belgilari kuchayishi oqibatida u yana jarrohlik stoliga yotqizilgan hamda davolanish davomida vafot etgan[2].