Safa masjidi (Goa)
Safa masjidi yoki Safa Shahouri masjidi Hindistonning Goa shahri hududidagi Ponda tumanida joylashgan masjiddir[1]. U XVI asrga aloqador islom yodgorligi hisoblanadi. Masjidda bogʻ va favvoralardan tarkib topgan majmua mavjud. Terakota plitkali tomi toʻrtburchak shaklidagi ibodatxonani qopalab turadi[2]. Bu Goadagi milliy ahamiyatga ega boʻlgan ASI tomonidan himoyalangan yodgorlikdir.
Masjid | |
Safa masjidi (Goa)
| |
Masjidning yaqindan koʻrinishi | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Goa |
Koordinatalar | 15°24′N 74°01′E / 15.40°N 74.02°E |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Safa masjidi (Goa) Vikiomborda |
Tarixi
tahrirV. T. Gunening yozishicha, masjid 1560-yilda Bijapuri hukmdori Ibrohim Odil Shoh I tomonidan Ponda markazidan 2 km uzoqlikda qurilgan[3]. Masjid Odil shoh davriga yoki undan oldingi davrga tegishli boʻlishi mumkin. Ammo masjidda hech qanday yozuv yoʻqligi va uning qurilganligi haqida tarixiy maʼlumotlar saqlanmaganligi sababli qurilishning aniq sanasi nomaʼlum[1]. Portugallarning Goa ustidan hukmronligi davrida masjidga askarlar tomonidan kuchli ziyon yetkazilgan va yoqib yuborilgan. Masjid 1980-yillarda qisman rekonstruksiya qilinmaguncha vayrona holida qolib ketgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Shokoohy, Mehrdad. Muslim Architecture of South India: The Sultanate of Ma'bar and the Traditions of the Maritime Settlers on the Malabar and Coromandel Coasts (Tamil Nadu, Kerala and Goa) (en). Routledge, 2003 — 253, 256-bet. ISBN 978-0-415-30207-4.
- ↑ „Government of Goa | Safa Masjid“ (en-US). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
- ↑ V. T. Gune, „Ancient shrines of Goa (A pictorial survey)“, Department of information of Government of Goa. Panji 1965. page:965-988.