Safiya Kaimovna Burxonova (tugʻ. 1989-yil 1-dekabr, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, yadro uloqtirishda bellashadi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sohibasi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini chempioni, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni.

Safiya Burxonova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Safiya Kaimovna Burxonova
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1-dekabr 1989-yil (1989-12-01) (34 yosh)
Oʻzbekiston SSR
Vazni F12
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika

Faoliyati

tahrir

Safiya Burxonova 2008-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[1]. U oʻzining birinchi oʻn yetti metrlik zarbasini 2009-yilda urib, Oʻzbekiston milliy chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu muvaffaqiyat unga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish imkonini berdi va finalda yettinchi oʻrinni egalladi[2]. 2011-yilgi Safiya yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilgi Osiyo Gran-prisida u ketma-ket uchta gʻalabani qoʻlga kiritdi[3]. Oʻsha yili Olmaotada (Qozog'iston) musobaqada u oʻzining shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichini — 17,44 metrni qayd etdi[4]. 2013-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida yadro uloqtirish boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi[2].

2014-yilgi yopiq inshootlardagi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida ilk qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi, bunda uning 16,80 metrga zarbasi gʻalaba qozonish uchun yetarli boʻldi[5].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Safiya yadro uloqtirishda (F12 toifasi) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Toʻrt yildan soʻng Safiya Burxonova Tokioda Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Safiyaga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni berildi[6].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir