Safiye Abduramanova
Safiye Narimanovna Abduramanova (23-dekabr 1977-yil, Uchqoʻrgʻon, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) — tarixchi olim. Hunarmand. Kashtadoʻzlik boʻyicha mutaxassis. Millati qrim-tatar.
Safiye Abduramanova | |
---|---|
Tavalludi |
23-dekabr 1977-yil |
Fuqaroligi | Ukraina |
Taʼlimi |
Tavriysk milliy universiteti Qrim sanoat va pedagogika universiteti |
Kasbi | Tarixchi, etnograf |
Tarjimayi holi
tahrir1977-yil 23-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon shahrida tug‘ilgan. 2002—2007-yillarda Safiye Abduramanova V. I. Vernadskiy nomidagi Tavriysk milliy universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Qadimgi dunyo va oʻrta asrlar tarixi kafedrasida ishlagan. 2018-yildan boshlab Safiye Qrim Sanoat va Pedagogika universitetining Qrim-tatar adabiyoti va jurnalistika bo‘limida aspiranturada o‘qishni davom ettirmoqda. Asosiy ish joyi — Baxchisaroy tarixiy-madaniy va arxeologiya muzey-qoʻriqxonasining Qrim tatarlari tarixi va madaniyati muzeyi (Xon saroyi) boʻlimi. Abduramanova boʻlimda ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. Safiyening olim sifatidagi ixtisosligi quyidagicha: Qrim tatarlarining etnografiyasi, madaniyati, sanʼati. Tarixchi olimning bir qator ilmiy maqolalari, alohida kitob nashrlari, ko‘rgazmalarini shu mavzuga bag‘ishlagan.
2015-yildan Abduramanova ilmiy ish sifatida amaliy sanʼat mahorati, yaʼni Qrim tatarlarining anʼanaviy kashtachiligi mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Safiye 2015-yilning noyabridan 2016-yilning fevraligacha Baxchisaroydagi „Arslan“ markazida qrim-tatar o‘qituvchisi Zarema Mustafoyevadan tahsil oldi. Ayni paytda hunarmand qrim-tatarlarning mik’lam, bukme, pul kabi zardo‘zliklari bilan tanish. Abduramonova qadimiy tikuv naqshlarini (Qur’on kitobi, kiset kise, fes bosh kiyimi) rekonstruksiya qilgan[1]. Hunarmand doimiy ravishda bir necha turdagi tilladan boʻlgan original ayollar zargarlik buyumlari-tumorlarini yaratadi va yarim qimmatbaho toshlar, munchoqlar bilan bezatadi.
Koʻrgazmalarda ishtiroki
tahrir- „Arslan“ markazida oʻquv kursi yakunida hisobot koʻrgazmasi (2016).
- „Qrim tatarlarining dekorativ sanʼati. Asrlar prizmasidan“ koʻrgazmasi. 2017-yil oktyabr, Baxchisaroy tarixiy-madaniy qoʻriqxonasining 100 yilligi va Usein Bodaninskiy tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Гульназ БАДРЕТДИН. Золото Крыма в Казани. Голос Крыма. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
- ↑ Эльдар Сеитбекиров. „«Декоративное искусство крымских татар. Сквозь призму столетия» или Опыт предков для нас поучителен?“. Голос Крыма. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.