Sahobi daraxti, shuningdek, al-Buqayaviyya daraxti (muborak daraxt) (arabcha: شجرالمبارکہ)) – Iordaniyaning Safaviy shahrida joylashgan 1500 yoshli daraxt[1]. Iordaniya poytaxti Amman shahridan 156 km uzoqlikda[2], Makka va Damashq shaharlari oʻrtasidagi eski savdo yoʻlida joylashgan. Avvallari savdo va boshqa turdagi karvonlar aynan shu yoʻl orqali qatnovlarini amalga oshirgan[3][4].

Diniy ahamiyati

tahrir

Savdo karvonlaridan biri Makkadan Suriya tomon ketayotganida Muhammad ham ushbu karvondagilar orasida bor edi. Oʻshanda boʻlajak paygʻambar 12 yoshda boʻlib, amakisi Abu Tolib ibn Abdulmuttalib bilan birga edi. Karvon toʻxtagan paytda Muhammad shu daraxtning soyasi ostida oʻtiradi[5]. Bir qancha islomiy manbalarga koʻra aynan shu daraxt ostida rohib Bahira Muhammadning paygʻambar ekanligini bashorat qilgan[6][7][8].

Sahobi daraxti joylashgan hudud Iordaniyaning turistik diqqatga sazovor joyi boʻlib, har yili koʻplab musulmonlar daraxtni koʻrish va ziyorat qilish uchun tashrif buyurishadi[9][10][11].

Himoya

tahrir

Iordaniya qiroli Abdulloh daraxtni himoya qilish maqsadida uning atrofiga panjara oʻrnatishni buyurgan[12].

Manbalar

tahrir
  1. Nueimat, Kamal. Historical Trees of Jordan, 1st (English), Jordan: Jordan River Foundation, 2002 — 26-bet. ISBN 9957853120. 
  2. „The Blessed Tree - Jordan News | Latest News from Jordan, MENA“. Jordannews.jo (2021-yil 1-iyun). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  3. Chaudhry. „Visit Sahabi Tree In Jordan | Javed Chaudhry | SX1O“. PakShows.pk. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  4. „Sahabi Tree: The last Fellow alive by emm daily Bangladesh“. Issuu.com (2019-yil 4-oktyabr). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  5. „1400-year-old Sahabi tree of Prophet Muhammad ﷺ“. Lifeinsaudiarabia.net (2019-yil 13-aprel). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  6. „The Blessed Tree“. IMDb.com. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  7. „The Blessed Tree: A Divine Reality“. Sacredfootsteps.org (2014-yil 11-avgust). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  8. „The Blessed Tree of Jordan“. Charismaticplanet.com (2016-yil 13-aprel). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  9. „Islamic Sites & Tours | Jordan Tower Hotel“. Jordantowerhotel.com. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  10. „Sahabi Tree“. Google.com. 2022-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  11. „The Sahabi Tree 1400 Years old. "Blessed Tree"“. Hive.blog (2018-yil 19-aprel). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  12. „The Blessed Tree (Clip)“. YouTube. 2022-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.