Said-Abdulaziz Yusupov
Said-Abdulaziz Yusupov — oʻzbekistonlik jurnalist va jamoat arbobi. 2017-yil 22-dekabrdan 2019-yilning 10-maygacha Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori boʻlgan.
2019-yilning 10-mayida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan katta miqdordagi talon-tarojlikda gumonlanib, hibsga olingan. U oʻzini Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb tanishtirib, firibgarlik yoʻli bilan odamlardan juda katta miqdorda pul undirib kelganlikda ayblangan. Yusupov oʻziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi jurnalistik faoliyati bilan bogʻliq boʻlganini iddao qilgan[1][2].
Shu yilning sentyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining „oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish“, „firibgarlik“ hamda „pora olish-berishda vositachilik qilish“ kabi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sud hukmi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan[3][4].
2020-yil 8-iyul kuni jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qisman qoplangani uchun ozodlikka chiqarilgani aytilgan[5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Said-Abdulaziz Yusupov ishi DXX tergoviga tasodifan tushib qolmagan“.
- ↑ „Said-Abdulaziz Yusupov ishi chalkashligicha qolmoqda“.
- ↑ „Said-Abdulaziz Yusupov ozodlikka chiqdi“.
- ↑ „Jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov qamoqdan ozod etildi“.
- ↑ „Jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov nimada ayblanmoqda?“.
- ↑ „Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha sud boshlandi“.