Saida Mirziyoyeva
Mirziyoyeva Saida Shavkatovna (1984-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — davlat va jamoat arbobi, Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri, Oʻzbekiston milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari[1] (2020-yil 31-yanvar — 2022-yil 14-noyabr)[2]; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari (2019-yil 12-aprel 2020-yil 29-yanvar)[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning toʻngʻich qizi.
Saida Mirziyoyeva | |
---|---|
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari | |
Mansab davri 2019-yil 12-aprel – 2020-yil 29-yanvargacha | |
Oʻzbekiston milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2020-yil 31-yanvar – hozirgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-noyabr 1984-yil Fargʻona |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | Partiyasiz |
Onasi | Ziroat Mirziyoyeva |
Otasi | Shavkat Mirziyoyev |
Maʼlumoti | Oʻzbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti |
Bolalik yillari
tahrirSaida 1984-yil 4-noyabr kuni Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida, oʻzbek davlat siyosatchisi Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyevalar oilasida tugʻilgan. Saida Mirziyoyevaning singlisi Shahnoza Mirziyoyeva va ukasi Miralisher Mirziyoyev bor.
Maʼlumoti
tahrirSaida Mirziyoyeva Oʻzbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq boʻyicha bakalavr darajasiga ega[4]. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida huquqshunoslik magistri ilmiy darajasini olgan[5]. 2010-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining iqtisod yoʻnalishida ikkinchi mutaxassislik boʻyicha magistrlik diplomini qoʻlga kiritgan.
Ilmiy faoliyati
tahrir2010-yildan hozirgi kunga qadar strategiya nazariyasi qoidalari asosida milliy, mintaqaviy va maʼlum sohaga oid strategiyalarni ishlab chiqish va joriy etish metodologiyasini shakllantirish jabhasida oʻzining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda[6]. 2018-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tadqiqotchi[7] va M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Strategik tadqiqotlar markazida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishda mahalliy tajriba va jahon amaliyotini tahlil qilish, global va milliy trendlarni davlat va mintaqaviy strategiyalarga taʼsirini baholash, shuningdek, qisqa, oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish milliy strategiyalarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirishga bagʻishlangan bir qator ilmiy nashrlar muallifi hisoblanadi[8].
Ish faoliyati
tahrirSaida Mirziyoyeva 2019-yil 12-apreldan 2020-yil 29-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan[9]. Agentlik direktorining oʻrinbosari sifatida PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat va boshqaruv organlarida oshkoralikni taʼminlash masalalarini nazorat qilish bilan shugʻullangan[10]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusi doirasidagi loyihalarni amalga oshirdi. Agentlik bilan soʻz erkinligi sohasida ish olib borayotgan xalqaro tuzilmalar oʻrtasida aloqa oʻrnatish boʻyicha faol ish olib bordi. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha qator davlatlarga delegatsiyalar tarkibida tashrif buyurdi[11].
Saida Mirziyoyeva homiyligida koʻzi ojiz bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ularni Brayl yozuvida chop etilgan oʻquv, badiiy, ilmiy va boshqa zarur adabiyotlar bilan taʼminlashga qaratilgan „Koʻngil koʻzi“ loyihasi faoliyati kengaytirildi[12]. Shuningdek, loyiha doirasida mamlakatning madaniy muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Teatrlarda tiflo sharhlash tizimi joriy etilmoqda[13].
Saida Mirziyoyeva 2020-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari lavozimini egalladi[14].
Yangi ish joyiga oʻtgach ham „Koʻngil koʻzi“ loyihasini amalga oshirishda koʻmaklashishda davom etmoqda. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va soʻz erkinligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni hayotga joriy etishda faol ishtirok etib kelmoqda[15]. Tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosining bekor qilinishi tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan[16].
2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasining Gender tengligi boʻyicha komissiya aʼzosi[17]. 2020-yil fevralda Dubay Ayollar Tashkiloti tomonidan Dubayda oʻtkazilgan „The Power of Influence“ Global ayollar forumida ishtirok etdi[18]. Tadbir jarayonida Saida Mirziyoyeva tenglik muammolariga eʼtibor qaratishning ahamiyatini taʼkidladi. „Davr bizdan yaxshi ona, zoʻr mutaxassis, jamoatchilikka oʻrnak boʻlishimizni va oilaning moliyaviy barqarorligi haqida gʻamxoʻrlik qilishimizni talab etmoqda. Ishonamanki, oʻzbekistonlik ayollarning dunyoga aytadigan oʻz soʻzlari bor, ular insoniyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻsha oladilar“, dedi Saida Mirziyoyeva forumda soʻzlagan nutqida. 2020-yil aprel oyida uning tashabbusi bilan ishga tushirilgan „Xavfsiz yordam“ loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayollarga yordam koʻrsatildi[19].
Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash, mamlakatning madaniy brendini dunyo miqyosida targʻib qilishda faol pozitsiyani egallaydi. Uning ishtirokidagi yirik loyihalardan biri 2021-yilda Parijdagi Luvr muzeyida tashkil etiladigan Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan koʻrgazmadir. Shuningdek, Fransiyaning „Assouline Publishing“ nashriyot uyi bilan hamkorlikda mamlakatning tarixiy va madaniy boyligini dunyoga namoyon qiladigan „Oʻzbekiston. Samarqandga yoʻl“ kitobi chop etildi. Kitob koʻplab davlatlarda mashhur boʻldi va xorijiy manbalarda madaniyat sohasidagi eng yaxshi nashrlardan biri sifatida tez-tez tilga olinadi[20].
Shaxsiy hayoti
tahrirSaida Mirziyoyeva oilali. Turmush oʻrtogʻi — Oybek Tursunov. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli — Miromon, qizi — Saodatxon va oʻgʻli Shavkatjon.
Manbalar
tahrir- ↑ [1]
- ↑ Saida Mirzieeva naznachena na novuyu doljnost, 20-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-iyun 2020-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Saida Mirziyoeva stala zamglavi Agentstva informatsii i masskommunikatsiy
- ↑ UNIVYeRSITYeT MIROVOY EKONOMIKI I DIPLOMATII
- ↑ Tashkent State University Of Law
- ↑ arxiv nusxasi, 19-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-iyun 2020-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Akademiya gosudarstvennogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
- ↑ MYeTODOLOGIChYeSKIYe OSNOVI STRATYeGIROVANIYa SOTsIALNO-EKONOMIChYeSKOGO RAZVITIYa UZBYeKISTANA
- ↑ Programmi po realizatsii pyati initsiativ poslujat interesam molodeji i jenщin
- ↑ Prezident provel soveщanie po realizatsii pyati initsiativ
- ↑ Regular Report to the Permanent Council
- ↑ V ramkax proekta „Koʻngil koʻzi“ slabovidyaщim detyam podarili spesialnie uchebniki
- ↑ Saida Mirziyoeva predstavila spesializirovanniy kompyuterniy sentr dlya slabovidyaщix detey
- ↑ Komil Allamjonov i Saida Mirziyoeva zanyali rukovodyaщie posti v obщestvennom fonde
- ↑ SAIDA MIRZIYoYeVA: JURNALISTI DOLJNI IMYeT PRAVO NA OShIBKU BYeZ BOYaZNI POTYeRYaT SVOBODU
- ↑ Saida Mirziyoeva: „Cheloveka nelzya sajat v tyurmu tolko za to, chto on skazal“
- ↑ arxiv nusxasi, 22-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-iyun 2020-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Deputy Chairman of the Board of Trustees of the Public Fund for Support and Development of National Mass Media, Republic of Uzbekistan“. 2021-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
- ↑ [2][sayt ishlamaydi]
- ↑ Saida Mirziyoeva: nasha zadacha — soxranit arxitekturnoe nasledie strani Chitat dalee: https://uz.sputniknews.ru/culture/20190709/11966038/Saida-Mirzieva-pro-arkhitekturnoe-nasledie-strany.html
Havolalar
tahrir- Otasining qizi. Saida Mirziyoyeva kim? YouTubeda Ozodlik radiosining 2022-yilgi reportaji.