Saidazim Islomov (1860-Toshkent—1955) — xalqustasi, ganch va yogʻoch oʻymakori; oilaviy ustalar sulolasi asoschisi (oʻgʻli usta Akbar Azimov, nabirasi usta Saidmalik Azimov; evarasi Shuhrat Azimov "Musavvir" ustaxonasida oʻyma bezakli badiiy buyumlar tayyorlovchi usta). Islomov ish faoliyatini milliy anʼanaviy uslubda binolar qurish bilan boshlagan. Binoning sinch qurilishidan boshlab, pardozlab tugallanishigacha boʻlgan ish jarayonini puxta egallagan. Binolarni ganch va yogʻoch oʻymakori bezaklar (sharafa, ustun, eshik va boshqalar) bilan bezagan: Navoiy teatri binosi va b. kurilishlarda va ularni bezatishda qatnashgan; ustalar (Usta Shirin Murodov va boshqalar)ga ganch oʻymakorligida sharafalar tayyorlash uchun krliplar tayyorlagan. Muzeylar (Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Sankt-Peter-burgdagi Ermitaj va boshqalar)da Islomov tayyorlab bezagan badiiy buyumlar (ustun, tamakidon, kursi, sandiq va boshqalar) saqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil