Saidmagʻruf Magʻrupovich A’zamxoʻjayev (1917.5.11, Toshkent) – jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari doktori (1975), professor (1976). Toshkent davlat tibbiyot instituti sanitariyagigiyena, keyin sto-matologiya fakultetida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 – 91). 1991-yildan professor-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastro-duodenal qon oqishlar, me’da va oʻn ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, oʻtkir ap-penditsit, xolesistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, "oʻtkir qorin" va boshqalarga oid. A’zamxoʻjayev portal gipertenziya va jigar sir-rozi, shuningdek oʻpka silini jarrohlik yoʻli bilan davolash usullarini ish-lab chiqqan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil