Mannon Abdusamadovich Saidov (1923.21.4 Toshkent 200L27.7) - rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent badiiy bilim yurtini (1947) va Leningraddagi Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutini (1953) tugatgan. 1953-yildan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti, 1956-yildan Toshkent pedagogika institutida pedagog; 1960-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida pedagog, dotsent (1968), professor (1985). S. asarlarida oʻzbek dehqonlari va ishchilarining turmushi va mehnati, ularning oʻziga xos qiyofasi yorqin realistik ifodasini topgan: "Ishchi Muhiddinov portreti" (1959), "Uzum uzish" (1964), "Savodsizlikni tugatish" (1967), "Askiya" (1969), "Oila" (1970), "Xirmonda" (1974), "Konsertga" (1977), "Birinchi " (1983) va boshqa[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil