Sajʼ (arab. — qumri, bulbul, toʻtilarning sayrashi) — badiiy soʻz sanʼatlaridan biri: bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlarning vazn yoki raviyda (yoki har ikkalasida) mos kelishi. S. sanʼati dastlab xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, keyinchalik yozma adabiyotga oʻtgan. S. oʻzbek xalq ertaklari, dostoy va maqolparsa koʻp uchraydi. Sajlangan matn ravon oʻqiladi, ohangdorlik va kuchli emotsionallik tugʻdiradi, kishi xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. S. sanʼati ishlatilgan nasr — nasri musajjaʼ, nazm esa nazmi musajjaʼ deb yuritiladi. S. tuzilishi jihatidan 3 xil boʻladi: 1. Toʻliq S. (mutavoziy S.) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar vaznda hamda raviyda mos boʻladi. Masalan, "Jallodlar soʻyib qoʻymasin, tezroq borib kulidan olinglar, zindonga solinglar" ("Ravshan"). 2. Qofiyali S. (mutarraf S.) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar raviyda mos boʻlib, vaznda teng boʻlmaydi. Mas, "Zoti bemadoro, dimogʻi poʻlod va koʻngli xoro" ("Mahbub ulqulub"). 3. Vazndosh S. (mutavozin S.) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar hamvazn boʻlib, raviyda mos boʻlmaydi. Masalan, "Avbosh va areol musulmonlaridin alargʻa ne maosh va ne hisol" ("Mahbub ulqulub").

S. shoxlarning saroy yozishmalari, tarixiy, ilmiy va badiiy nasrda ham qoʻllangan. Mumtoz adabiyotda Navoiy, Bobur, Gulxaniy kabi sanʼatkorlar Sdan unumli foydalanishgan. Navoiy oʻzbek nasrida S. sanʼatini eng yuqori choʻqqiga koʻtardi. Oʻzbek adabiyotida Hamza, Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek va boshqa ijodida ham S. namunalari bor.

Adabiyot

tahrir
  • Sarimsoqov B., Oʻzbek adabiyotida sajʼ, T., 1978.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil