Sakae (Nagano)
Sakae (yaponcha: 栄村 Sakae-mura ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra qishloqda 817 ta xonadonda 1828 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 6,7 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 271,66 kvadrat kilometr (104,89 mi²) ni tashkil etadi.
Sakae 栄村 | |
---|---|
Qishloq | |
36°59′15.0″N 138°34′37.4″E / 36.987500°N 138.577056°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 271.66 km2 (104.89 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
1 828 |
Zichligi | 6.7 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0269-87-3111 |
|
Geografiyasi
tahrirSakae uzoq shimoli-sharqiy Nagano prefekturasining togʻli qismida joylashgan boʻlib, sharqda Gunma prefekturasi va shimolda Niigata prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq qishi qattiq boʻlgan, qor juda kuchli yogʻadigan hududda joylashgan. Chikuma daryosi qishloqning shimoliy qismidan gʻarbdan sharqqa tomon oqib oʻtadi. Naeba togʻi (2145 metr) qishloqning Niigata prefekturasi bilan chegarasida oʻrnashgan.
Qishloqning shimoliy qismi orqali JR Iiyama liniyasi Chikuma daryosi vodiysi boʻylab oʻtadi. Qishloqning janubiy qismi tarkibiga chekka Akiyama-go hududi kiradi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
tahrir- Nagano prefekturasi
- Gunma prefekturasi
- Niigata prefekturasi
Iqlimi
tahrirQishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va nam, qishi esa juda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Sakae shahrida oʻrtacha yillik harorat 8,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1579 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 21,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,1 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakae aholisi soni soʻnggi 80 yil ichida 80 foizdan koʻproqqa kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 8,374 | — |
1950 | 7,067 | −15.6% |
1960 | 6,361 | −10.0% |
1970 | 4,449 | −30.1% |
1980 | 3,502 | −21.3% |
1990 | 3,053 | −12.8% |
2000 | 2,638 | −13.6% |
2010 | 2,215 | −16.0% |
2020 | 1,66 | −25.1% |
Tarixi
tahrirHozirgi Sakae hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Shimominochi tumanidagi Minochi qishlogʻi va Shimotakai tumanidagi Sakai 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Ikki qishloq 1956-yil 30-sentabrda birlashib, Sakae shaharchasini tashkil etgan.
Taʼlim tizimi
tahrirSakae qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamdaa bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Koinotga aloqadorligi
tahrirKichik sayyora qishloq nomi bilan atalgan — 22885 Sakaemura
Transporti
tahrirTemir yoʻl
tahrir- Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iiyama liniyasi
- Shinano-Shiratori — Hirataki — Yokokura — Mori-Miyanohara
Magistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 117
- Milliy yoʻnalish 405
Galereya
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)