Sakai
Sakai — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.ning jan. qismida Aholisi 792 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Yirik port. Rangli metallurgiya sanoatining qad. markazlaridan. Metallurgiya va neft kimyosi, turli mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi bor. S.da qadimdan gilam toʻqiladi, metall buyumlar tayyorlanadi. S qoʻlyozmalarda 716 yildan tilga olingan. Muzeylarida qad. yapon xunarmandchiligining nodir yodgorliklari saqlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |