Sakata (yaponcha: 酒田市 Sakata-shi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2015-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, shaharda 39320 ta xonadonda 106244 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi 1 km2ga 180 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 602,97 kvadrat kilometr (232,81 mi²).

Sakata

酒田市
Shahar
Skyline of Sakata
Sakata
Bayroq
Sakata
Gerb
38°54′53.5″N 139°50′12.2″E / 38.914861°N 139.836722°E / 38.914861; 139.836722
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1933-yil 1-aprel
Maydon 60,297 km2 (23,281 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Aholisi
 (February 1, 2021)
99 341
Zichligi 180 kishi/km2
Sakata xaritada
Sakata
Sakata

Geografiyasi

tahrir
 
Shonai qum tepalari

Sakata Yamagata prefekturasining shimoli-gʻarbiy burchagidagi qirgʻoq tekisligida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yapon dengizi va shimolda Akita prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning shimoliy chegarasidan Mogami daryosi Chokay togʻi orqali oqib oʻtadi. Aholi yashaydigan Tobishima oroli, materik sohilidan taxminan 38 kilometr (24 mi) uzoqlikda, shaharning maʼmuriy chegarasida joylashgan. Orol, shuningdek, shaharning orolning bir qismi boʻlmish Chokai kvazi-milliy bogʻi hududida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Sakata nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli ayni hududga xosidr. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi kuzatilgan. Sakatada oʻrtacha yillik harorat 13.0 °C (55.4 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,986.8 mm (78.22 in) boʻlib, noyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 25.5 °C (77.9 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 1.9 °C (35.4 °F) boʻladi.

Sakata, Yamagata iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 4,5 5,2 8,9 14,8 20,3 24,1 27,6 29,7 25,8 19,8 13,6 7,6 16,8
Oʻrtacha minimal, °C −0,6 −0,8 1,4 5,8 11,6 16,5 20,7 22,0 17,8 11,6 5,9 1,6 9,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 177,7 118,4 111,1 103,6 122,6 125,3 218,7 205,6 176,2 188,6 222,0 217,0 1 986,8
Manba: Yaponiya meteorologiya agentligi[2][3]

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Sakata aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192088,948—    
193099,112+11.4%
194099,103−0.0%
1950125,734+26.9%
1960127,229+1.2%
1970120,212−5.5%
1980125,622+4.5%
1990122,85−2.2%
2000121,614−1.0%
2010111,151−8.6%
2020100,273−9.8%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Sakata hududi qadimgi Deva viloyati markazining joylashgan joyi boʻlgan, garchi aniq joylashuvi hali arxeologlar tomonidan aniqlanmagan boʻlsa-da shu holat taxmin qilinadi. Mogami daryosining boʻyida joylashgan port Kamakura davridan beri mavjud boʻlgan. Muromachi davrida bu hudud unchalik ahamiyatli boʻlmagan boʻlsa-da, hudud Edo davrida kitamaebune qirgʻoq savdosi uchun asosiy markaz sifatida rivojlangan. Ilk Meidzi davriga kelib, Honma urugʻi, mahalliy savdoda ustunlik qilgan va Yaponiyadagi eng yirik yer egasi sifatida mashhurlikka ega boʻlgan.  Ularning Sakata shahriga kuchli taʼsirining izlarini hali ham shahar boʻylab uchratish mumkin. Bunga shahar markazida joylashgan Honma muzeyi va Honma bogʻlari misol boʻladi[5].

Meiji davri boshlanganidan keyin zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan bu hudud 1878-yilda Yamagata prefekturasi, Akumi tumani qoshidagi Sakata shahri sifatida tashkil etilgan. Shaharning taxminan 80 % 1894-yilgi Shonai zilzilasi va undan keyingi yongʻinlar natijasida vayronaga aylangan. Zamonaviy Sakata shahriga 1933-yil 1-aprelda asos solingan.

Ikkinchi jahon urushi

tahrir

1945-yil 10-avgustda port okrugiga uyushtirilgan havo hujumi natijasida 30 kishi halok boʻlgan hamda bedarak yoʻqolgan boʻlsa, shahar Ikkinchi Jahon urushi paytida koʻp zararlardan omon qolgan.

1944-yil 20-sentyabrda 200 dan ortiq britaniyalik harbiy asirlar rasmiy ravishda Sakata filiali lageri (Sendai 9-B) nomi bilan tanilgan yangi tashkil etilgan harbiy asirlar lageriga koʻchirildi. Keyinchalik inglizlarga amerikalik, gollandiyalik va avstraliyalik harbiy asirlar qoʻshiladi. Lager asirlari 1945-yil sentabrda ozod qilingan[6]. Lager dastlab Tokio 22B sifatida tashkil etilgan boʻlib, yurisdiktsiya 1945-yil 14-aprelda Sendayga koʻchirilgan. Lager roʻyxatiga quyidagilar kiradi:

  • 15 amerikalik, oʻlim qayd etilmagan
  • 248 britaniyalik, 13 nafari vafot etgan
  • 5 Gollandiyalik, oʻlim qayd etilmagan
  • 26 avstraliyalik, 5 nafari oʻlgan

Asirlarning aksariyati Osaka va Tokiodagi lagerlardan koʻchirilgan va ularning koʻplari Kachidoki Maru va Rakuyo Maru paroxodlarining choʻkib ketishidan omon qolgan. Erkaklar Sakata portida majburiy mehnatga safarbar qilingan va baʼzilari NITTSU, shuningdek, Nippon Express nomi bilan ham tanilgan manzilgohlarda faoliyat yuritgan, ularning ayrim avlodlari bugungi kunda Yaponiyada yashab kelmoqda.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi

tahrir

1976-yil 29-oktyabrda Sakata shahar markazining 22,5 gektar maydonini yoqib yuborgan, 1774 ta binoni vayron qilgan va 964 kishini jarohatlagan (va bir kishi halok boʻlgan) yirik yongʻindan aziyat chekkan.

2005-yil 1-noyabrda Hirata, Matsuyama va Yavata (barchasi Akumi tumanidan) shaharlari Sakataga birlashtirildi.

Hukumat

tahrir
 
Sakata shahar hokimiyati

Sakata toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga besh aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Dieti quyi palatasining Yamagata 3-okrugi tasarrufiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Sakata iqtisodiyoti yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va tijorat baliqchiligiga asoslangan. Sakata Kyodo issiqlik elektr stansiyasi shahardagi Tohoku Electric va Sumitomo Aluminium qoʻshma korxonasi tomonidan boshqariladigan elektr ishlab chiqaruvchi asosiy korxona hisoblanadi.

Asosiy ish beruvchi kampaniyalar qatoriga beton buyumlar ishlab chiqaradigan va 2011-yildagi Tohoku zilzilasi va sunamidan keyin rekonstruksiyani qoʻllab-quvvatlashda katta rol oʻynagan Maeta Seikan korxonasi, kimyoviy va kosmetika kompaniyasi Kao[7] hamda elektronika kompaniyasi Seiko Epson kiradi. Seiko Epson mahalliy Shonai aeroportidan 1997-yildan buyonMatsumoto, Nagano shahriga haftalik charter reyslari amalga oshirish maqsadida foydalanadi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Universitetlar

tahrir

Oliy maktablar

tahrir
  • Yamagata prefekturasi Sakata Higashi oʻrta maktabi
  • Tenshin Gakuen oʻrta maktabi
  • Sakata Minami oʻrta maktabi
  • Sakata Nishi oʻrta maktabi
  • Sakata Koryo oʻrta maktabi

Oʻrta maktablar

tahrir

 

  • Sakata birinchi oʻrta maktabi
  • Sakata ikkinchi oʻrta maktabi
  • Sakata uchinchi oʻrta maktabi
  • Sakata toʻrtinchi oʻrta maktabi
  • Sakata beshinchi oʻrta maktabi
  • Sakata oltinchi oʻrta maktabi
  • Sakata Tobishima oʻrta maktabi
  • Sakata Hirata oʻrta maktabi
  • Sakata Chokay nomidagi oʻrta maktab
  • Sakata Yawata oʻrta maktabi
  • Sakata Matsuyama oʻrta maktabi

Boshlangʻich maktablar

tahrir

 

  • Sakata Takusei boshlangʻich maktabi
  • Sakata Hamada boshlangʻich maktabi
  • Sakata Vakahama boshlangʻich maktabi
  • Sakata Fujimi boshlangʻich maktabi
  • Sakata Kijo boshlangʻich maktabi
  • Sakata Matsubara boshlangʻich maktabi
  • Sakata Konan boshlangʻich maktabi
  • Sakata Shoryo boshlangʻich maktabi
  • Sakata Izumi boshlangʻich maktabi
  • Sakata Tobishima boshlangʻich maktabi
  • Sakata Nishi Arase boshlangʻich maktabi
  • Sakata Niibori boshlangʻich maktabi
  • Sakata Xirono boshlangʻich maktabi
  • Sakata Hamanaka boshlangʻich maktabi
  • Sakata Kuromori boshlangʻich maktabi
  • Sakata Tozaka boshlangʻich maktabi
  • Sakata Miyanoura boshlangʻich maktabi
  • Sakata Xigashi Xirata boshlangʻich maktabi
  • Sakata Naka Xirata boshlangʻich maktabi
  • Sakata Kita Xirata boshlangʻich maktabi
  • Sakata Chokay nomidagi boshlangʻich maktab
  • Sakata Minami Yuza boshlangʻich maktabi
  • Sakata Ichijyo boshlangʻich maktabi
  • Sakata Yawata boshlangʻich maktabi
  • Sakata Osawa boshlangʻich maktabi
  • Sakata Nikko boshlangʻich maktabi
  • Sakata Jimikoya boshlangʻich maktabi
  • Sakata Matsuyama boshlangʻich maktabi
  • Sakata Naigo boshlangʻich maktabi
  • Sakata Tazawa boshlangʻich maktabi
  • Sakata Minami Xirata boshlangʻich maktabi

Transporti

tahrir
 
Tobishima orolidan ketayotgan parom

Aeroportlar

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi

  • Sagoshi — Higashi-Sakata — Sakata — Mototate — Minamichōkai

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Rikuu gʻarbiy liniyasi

  • Sakata

Magistral yoʻl

tahrir
  • Nihonkai-Tohoku tezkot yoʻli
  • Yamagata ekspress yoʻli: (Sakata, Sakata Minato va Shōnai aeroportlari almashinuvi)
  • Milliy marshrut 7
  • Milliy yoʻnalish 47
  • Milliy yoʻnalish 112
  • Milliy yoʻnalish 344
  • Milliy yoʻnalish 345

Dengiz portlari

tahrir
  • Sakata porti

Sogʻliqni saqlash

tahrir
  • Prefektura Nihonkai kasalxonasi
  • Sakata shahar kasalxonasi
  • Yavata shahar kasalxonasi
  • Homma kasalxonasi

Kinoteatrlar

tahrir

Gazeta

tahrir

Televideniye

tahrir
  • NHK Sakata radioeshittirish stansiyasi
  • TV-U Yamagata Sakata stantsiyasi
  • Sakata kabel televizion stansiyasi

Sakata FM radiosi

Qardosh shahar munosabatlari

tahrir

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir

Sanʼat va tarixiy muzeylar

tahrir

Domon Ken fotosuratlar muzeyi — Yaponiya tarixidagi eng mashhur fotosuratchilardan biri Ken Domonga bagʻishlangan muzey. Bu, shuningdek, dunyodagi fotografga bagʻishlangan yagona muzey hisoblanadi.  Homma sanʼat muzeyi — Honma sanʼat muzeyi bir vaqtlar Honma urugʻiga tegishli boʻlgan eski villadir. Villa Edo davrida Sakai oilasining lordlari tomonidan ishlatilgan. Muzey kolleksiyasidagi tasviriy sanʼat buyumlarining bir qismi Yaponiyadagi boshqa urugʻlar tomonidan sovgʻa qilingan, boshqa mebel va jihozlar Honma urugʻiga tegishli boʻlgan. Muzeyda Choʻkai togʻi koʻrinadigan bogʻ bor[10]. Tarixiy Abumiya qarorgohi — Bu muzey Sakata shahridagi eng mashhur savdogar oilalaridan birining qayta tiklangan uyidir. 1800-yillarda bu ahahar Yaponiya ichidagi ichki savdoda muhim rol oʻynagan. Abumiya qarorgohi tashrif buyuruvchilar uchun savdogarlar qanday biznes yuritganini va bu oilaning xizmatkorlari ularni qanday qoʻllab-quvvatlaganini koʻrishlari uchun tashkil etilgan[11]. Sakata shahar sanʼat muzeyi — Doimiy kolleksiyani oʻz ichiga oladi, u asosan haykaltarosh Takahashi Go va rassom Saito Chozoning ishlaridan tashkil topgan. Muzey Sakata stansiyasidan 20 daqiqa uzoqlikda joylashgan boʻlib, yaqindagi Chokai togʻining koʻrinish mumkin[12] Dewa-yushinkan — Sakata shahar sanʼat muzeyi yonida joylashgan choyxona majmuasi[13]. U 1994-yilda qurilgan va anʼanaviy yapon dizayniga ega[14]. Somaro — Edo davriga oid anʼanaviy yapon restorani. Sakatadagi Mayko raqsi madaniyati shaharning Osaka va Kioto bilan yaqin savdo aloqalari natijasidir. Bino ehtiyotkorlik bilan taʼmirlangan va koʻplab anʼanaviy xususiyatlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, u Sakata shahrida joylashgan yirik choʻchqa goʻshti kompaniyasi Hirata Bokujoning shaxsiy kolleksiyasi boʻlgan sanʼat galereyasiga ham ega[15]. Sake muzeyi

Mashhur va tarixiy joylar

tahrir
 
Sankyo ombori

Sankyo ombori — Bu kura 1893-yilda guruch saqlash uchun qurilgan[16]. Omborning janubiy tomonida 150 yil avval ekilgan 41 tup Zelkova daraxtlari yozning issiq oylarida omborlarda haroratni past darajada ushlab turishga yordam beradi[17]. Zamonaviy omborda Sakata tarixi va madaniyatiga oid maʼlumotlar saqlanadigan kichik muzey, mahalliy taomlar va sake sotiladigan restoran shuningdek suvenirlar doʻkoni mavjud[16]. Hiyoriyama bogʻi — Sakata portining panoramik koʻrinishini taqdim etadigan shahar markaziga yaqin joylashgan park. Bogʻda 400 dan ortiq gilos daraxtlari mavjud va aprel oyining oxirida gilos gullari festivali boʻlib oʻtadi[18]. Tarixiy Honma qarorgohi — mashhur savdogar urugʻining tarixiy qarorgohi. Bu uy tarixiy Abumiya qarorgohi yaqinida joylashgan boʻlib, koʻplab xonalarga ega. Kinova devori va Tarixiy Shirasaki klinikasi ham mashhur joylardan hisoblanadi.

Ziyoratgohlar va ibodatxonalar

tahrir
  • Jofuku ibodatxonasi
  • Kaikou-ji ibodatxonasi — Hiyoriyama bogʻi yaqinidagi Sakata markazida joylashgan Shingon buddizm ibodatxonasi. Ibodatxonada sokushinbutsu deb ataladigan oʻz-oʻzini mumiyalash jarayonida ochlikdan oʻlgan ikki ruhoniyning qoldiqlari mavjud[19].
  • Jichi-in ibodatxonasi — Sakata shahrining markazida, Hiyoriyama bogʻi va ushbu port shahrining tarixiy koʻngilochar tumani yonida joylashgan buddistlar ibodatxonasi. Bu ibodatxona ingliz tilida gapira oladigan bosh ruhoniy boshchiligidagi zazen meditatsiyasini taklif qiladi[20].

Festivallar

tahrir

Madaniyat

tahrir

Sakata festivali har yili 19-21-may kunlari shahar markazida oʻtkaziladigan tarixiy festival hisoblanadi. Birinchi festival 1609-yilda Edo davrida boʻlib oʻtgan. Ilgari u Sannou festivali deb nomlangan. Biroq, 1976-yilda katta yongʻin Sakataning koʻp qismiga zarar yetkazganidan soʻng, festival xotira tadbiriga aylangan va uning nomi Sakata festivali deb oʻzgartirildi. Shaharning markaziy koʻchalarida katta parad boʻlib, unda maktablar, mahalliy kompaniyalar va jamoat tashkilotlarining festival suzuvchilari va raqqosalari ishtirok etadi. Ulkan „shishi gashira“ (sher boshlari) festivalning asosiy ramzi hisoblanadi. Shishi gashira chaynagan bolalar aqlli va sogʻlom boʻladi, deyishadi. 350 ga yaqin doʻkonlar asosiy koʻchaning chetida gazaklar, ichimliklar va qoʻl sanʼati bilan yasalgan buyumlarni sotadilar[21].

Sakatada quyidagi filmlar suratga olingan:

  • Okuribito (inglizcha nomi Departures), 2008-yil, eng yaxshi xorijiy film uchun Oskar sovrindori[22].
  • Silk, 2007, film XIX asrda, ipak qurti savdogari va uning sevgilisi hayoti haqida, Alessandro Barikkoning romani asosida suratga olingan film.
  • Oshin, 2013-yil, Sakata viloyatida qashshoqlikda oʻsgan Oshin ismli yosh qizning hayoti haqida film. Film rejissyori Shin Togashi[23].

Taniqli odamlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Sakata City official statistics (yaponcha)
  2. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 26-mart 2022-yil.
  3. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 26-mart 2022-yil.
  4. Sakata population statistics
  5. „Sakata City Yamagata Japan“.
  6. „Sendai POW Camp #9-B Sakata“.
  7. „Sakata Plant“. kao.com. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
  8. 8,0 8,1 „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
  9. „Delaware, Sakata officially become sister cities“ (inglizcha). Qaraldi: 12-iyul 2017-yil.
  10. „The Honma Museum of Art - Sakata - Tohoku - Japan Travel Guide and Information - att.JAPAN“. att.JAPAN. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
  11. „Abumiya | Sakata | The Hidden Japan“ (inglizcha). Yamagata | Shonai | The Hidden Japan. Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
  12. „Sakata City Museum of Art“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-oktyabr.
  13. „数寄屋・書院建築/(株)安井杢工務店:建築作品“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2015-yil.
  14. „出羽遊心館|歴史文化を学ぶ|観光スポット|酒田さんぽ“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2015-yil.
  15. Japan National Tourism Organization. „Sakata Area - Japan National Tourism Organization“. jnto.go.jp. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
  16. 16,0 16,1 „Sakata City — 酒田市“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2015-yil.
  17. „山居倉庫|観光スポット|酒田さんぽ“. 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2015-yil.
  18. „Archived copy“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2015-yil.
  19. „Sokushinbutsu – Japanese Mummies – Japan Reference (JREF)“. Japan Reference (JREF). Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
  20. „Jichi-in Temple | The Hidden Japan“ (inglizcha). thehiddenjapan. Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  21. „酒田まつり|イベント|酒田さんぽ“. 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
  22. 2009 Best Foreign Film Imdb.com
  23. „Oshin (2013)“. IMDb.

Havolalar

tahrir

Inglizcha maʼlumot https://www.thehiddenjapan.com/sakata