Saki Kumagai
Saki Kumagai (yapon. 熊谷 紗希 1990-yil 17-oktabrda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi, Germaniyaning Bavariya klubi va Yaponiya terma jamoasida oʻynaydi[1]. U asosan yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo asosiy ampulasi markaziy himoyachi hisoblanadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | 熊谷 紗希 | ||
Tavallud sanasi | 17-oktyabr 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Sapporo, Hokkaido,, Yaponiya | ||
Boʻyi | 173 sm | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayern Munich | ||
Raqami | 3 |
Kumagai Sharqiy Osiyoning klub va xalqaro miqyosdagi eng muvaffaqiyatli futbolchilaridan biri[2]. 2020-yilga kelib, u bitta Jahon kubogi, yettita Fransiya milliy chempioni, beshta Yevropa kubogi va bitta Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Klubdagi Karyera
tahrirKumagai 1990-yil 17-oktabrda Sapporoda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 2009-yilda Urava Reds jamoasiga qoʻshildi. Klub 2009-yilgi mavsumda L.Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2011-yilning iyul oyida u Germaniya Bundesligasining Frankfurt klubiga oʻtdi. Ikki mavsumdan soʻng u 2013-yil iyun oyida birinchi divizion Fransiyaning Olimpik Lion ayollar klubiga oʻtdi[3].
2021-yil aprel oyida Kumagai 8 mavsumdan soʻng Lionni tark etishini eʼlon qildi[4]. Keyingi oy, 2021-yil 12-may kuni Kumagai Nemis Bundesligaga qaytadi, Bavariya uni mavsumdagi ilk transferi deb eʼlon qildi va Kumagai faoliyatini myunxenliklar safida davom ettirdi[5].
Terma jamoadagi karyera
tahrir2008-yil 7-mart kuni Kumagai 17 yoshda boʻlganida Yaponiya terma jamoasi tarjibida Kanada terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvini oʻtkazdi[6]. Avgust oyida Kumagai 2008-yilgi 20-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan chaqiruv oldi. 2010-yilda u U-20 Yaponiya terma jamoasida 2010-yilda boʻlib oʻtgan U-20 Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida sardor sifatida oʻynagan. 2011-yilda u Yaponiyaning Jahon kubogi gʻolibi jamoasi tarkibida boʻlib, finalda AQShga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan penaltini amalga oshirdi[7]. U 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2015-yilgi Jahon Chempionatlari uchun ham jamoada edi. Yaponiya ikkala musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilning yanvarida menejer Asako Takakura uni Yaponiya terma jamoasi sardori etib tayinladi. 2018-yilda Yaponiya OFK Osiyo Kubogida gʻolib chiqdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2019-yil 10-noyabr kuni Kumagai Yaponiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻzining oʻrtoqlik oʻyinlaridagi ilk golini kiritdi[8].
Karyera statistikasi
tahrirKlubdagi statistika
tahrirMavsum | Klub | Liga | Kubok | Qitʼa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | A | G | A | G | C | A | G | A | G | ||
2009 | Urawa Reds | Nadeshiko League | 21 | 2 | 4 | 1 | - | - | 25 | 3 | |
2010 | Urawa Reds | Nadeshiko League | 18 | 6 | 4+2 | 2+0 | - | - | 24 | 8 | |
2011 | Urawa Reds | Nadeshiko League | 5 | 0 | 0 | 0 | - | - | 5 | 0 | |
Umumiy | 44 | 8 | 10 | 3 | - | - | 54 | 11 | |||
2011–12 | FFC Frankfurt | Frauen-Bundesliga | 20 | 2 | 3 | 0 | UWCL | 8 | 0 | 31 | 2 |
2012–13 | FFC Frankfurt | Frauen-Bundesliga | 18 | 0 | 1 | 0 | - | - | 19 | 0 | |
Umumiy | 38 | 2 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | 50 | 2 | ||
2013–14 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 19 | 3 | 5 | 3 | UWCL | 4 | 1 | 28 | 7 |
2014–15 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 22 | 2 | 6 | 0 | UWCL | 4 | 0 | 32 | 2 |
2015–16 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 20 | 5 | 5 | 1 | UWCL | 9 | 1 | 34 | 7 |
2016–17 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 19 | 6 | 2 | 2 | UWCL | 9 | 3 | 30 | 11 |
2017–18 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 21 | 5 | 4 | 0 | UWCL | 7 | 1 | 32 | 6 |
2018–19 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 20 | 2 | 5 | 0 | UWCL | 9 | 0 | 34 | 2 |
2019–20 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 14 | 2 | 5+1 | 0+0 | UWCL | 6 | 1 | 26 | 3 |
2020–21 | Olympique Lyonnais | Division 1 | 17 | 4 | 1 | 0 | UWCL | 6 | 1 | 24 | 5 |
Umumiy | 152 | 29 | 34 | 6 | - | 54 | 8 | 240 | 43 | ||
2021–22 | FC Bayern Munich | Frauen-Bundesliga | 4 | 1 | 1 | 0 | UWCL | - | - | 5 | 1 |
Umumiy | 4 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 5 | 1 | ||
Karyerada umumiy | 238 | 40 | 49 | 9 | - | 62 | 8 | 349 | 57 |
- 30-Iyul 2021-yil[9]
Yaponiya terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2008 | 2 | 0 |
2009 | 0 | 0 |
2010 | 15 | 0 |
2011 | 16 | 0 |
2012 | 16 | 0 |
2013 | 9 | 0 |
2014 | 5 | 0 |
2015 | 11 | 0 |
2016 | 7 | 0 |
2017 | 9 | 0 |
2018 | 10 | 0 |
2019 | 10 | 1 |
2020 | 2 | 0 |
2021 | 6 | 0 |
Umumiy | 118 | 1 |
Xalqaro maydonda urgan gollari
tahrirNo. | Date | Venue | Opponent | Score | Result | Competition |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 10-Noyabr 2019-yil | Kitakyushu Stadium, Kitakyushu, Yaponiya | 1–0 | 2–0 | Oʻrtoqlik | |
2. | 24-Yanvar 2022-yil | Shree Shiv Chhatrapati Sports Complex, Pune, Hindiston | 2–0 | 3–0 | 2022 AFC Ayollar o'rtasida Osiyo kubogi |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrir- Nadeshiko League: 2009
- Division 1 Féminine: 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20
- Coupe de France: 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2018–19, 2019–20
- UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi: 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20
- Chempionlar kubogi:2019
International
tahrir- Chempion: 2018
- Futbol boʻyicha yozgi olimpiada oʻyinlari
- Kumush medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari
- Chempion: 2011 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati
- 2-oʻrin: 2015 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati
- Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Osiyo oʻyinlari
- Oltin medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari
- Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Sharqiy Osiyo chempionati
- Chempion: 2010 EAFF Ayollar oʻrtasida futbol chempionati
- Chempion: 2009 AFC U-19 Ayollar oʻrtasida chempionat
Shaxsiy
tahrir- Osiyoda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi 2019-yil[10]
- 2018-yilgi dunyo boʻyicha eng yaxshi ayollar ramziy terma jamoasiga kiritilgan[11] 2020-yil[12]
- 2011—2020-yil davomida Dekadaning dunyodagi eng yaxshi ayollar terma jamoasiga kiritilgan[13]
- 2011—2020-yil davomida Dekadaning Osiyodagi eng yaxshi ayollar terma jamoasiga kiritilgan<[14]
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.jfa.jp/nadeshikojapan/news/00012561/
- ↑ https://www.scmp.com/sport/football/article/3040604/afc-star-saki-kumagai-has-brought-world-cup-and-champions-league
- ↑ http://www.uefa.com/womenschampionsleague/season=2016/matches/round=2000674/match=2018382/postmatch/report/
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
- ↑ https://fcbayern.com/de/news/2021/05/fcb-frauen-verpflichten-saki-kumagai-von-olympique-lyon?shortURL=ServusSaki
- ↑ http://www.jfa.or.jp/archive/women/daihyo/data/WGame.pdf
- ↑ http://www.jfa.or.jp/archive/women/daihyo/data/WGame.pdf
- ↑ https://us.soccerway.com/matches/2019/11/10/world/friendly-women/japan/south-africa/3176320/?ICID=PL_MS_76
- ↑ List of match in 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 at Japan Football Association (yaponcha)
- ↑ Yannick, Nkouaga „Saki Kumagai named Asian Player of the Year“. FootballNews24 (2-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2020-yil.
- ↑ „IFFHS AWARDS – THE WOMEN WORLD TEAM 2018“. IFFHS (1-dekabr 2018-yil). 15-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2018-yil.
- ↑ „IFFHS WORLD AWARDS 2020 - THE WINNERS“. IFFHS (4-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2020-yil.
- ↑ „IFFHS WORLD'S WOMAN TEAM OF THE DECADE 2011-2020“. IFFHS (25-yanvar 2021-yil).
- ↑ „IFFHS WOMAN TEAM - AFC - OF THE DECADE 2011-2020“. IFFHS (30-yanvar 2021-yil).