Sakrash
Sakrash - yengil atletikaning bir turi hisoblanadi. Sakrashning vertikal va gorizontal turlari mavjud. Vertikal sakrashga balandlikka sakrash va shest bilan sakrash kirsa, gorizontal sakrash esa uzunlikka sakrash va uch karrali sakrash turlarini o'z ichiga oladi. Sakrashning bu turlari Olimpiada o'yinlariga kiradi.
Uzunlikka sakrash - sportchilardan sakrash va sprint sifatlarni talab qiladi. Bu sport turi qadimiy Olimpiya o'yinlari qatoriga kirgan. Hozirgi Olimpiya o'yinlari qatoriga ham kiritilgan (erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1948-yildan). Ko'pkurash tarkibiga kiradi.
O'yin qoidalari. Atletning vazifasi - uzoqroq masofaga sakrashdir. Birinchi bo'lib atletlar yugurib keladilar, so'ngra bir oyoqlari bilan maxsus doskadan itarilib, sakraydilar. Itarilish doskasidan qo'nish chuqurligining burchagigacha bo'lgan masofa kamida 10 metr bo'lishi kerak. Sakrash to'rtta fazadan iboratdir: yugurish, itarilish, uchish va qo'nish.
Balandlikka sakrash qishki va yozgi o’yinlarda o’tkaziladi. Erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1928-yildan Olimpiya o’yinlari safiga kiritilgan. Beshta fazadan iborat: yugurish, itarilishga tayyorgarlik, itarilish, plankadan o’tish va qo’nish.
O’yin qoidalari. Balandlikka sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Agar sportchi biror bir balandlikda sakrashdan bosh tortsa, uning uchta harakati olinib tashlanadi. Agarda u ma’lum bir balandlikka sakrashda 1 yoki 2 marotaba xato qilsa, yana sakrashdan bosh tortib qolgan harakatlarini keying sakrashga olib qo’yishi mumkin. Sportchi o’zi hohlagan balandlikdan sakrashi mumkin, ammo u hakamlarga oldindan xabar berib qo’ygan bo’lishi kerak.
Shest bilan sakrash – Olimpiya o’yinlari qatoriga kiradi ( erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 2000-yildan).
O’yin qoidalari. Shest bilan sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Balandlikning oshishi hakamlar tomonidan belgilanadi va u kamida 5 smni tashkil etishi kerak.
Uchtali sakrash – Yengil atletikaning programmalaridan biridir. U Olimpiya o’yinlarida 1896-yildan beri o’tkaziladi. Sportchi maxsus sektordan yugurib kelib, brusokga yetib kelgandan keyin undan itarilib sakraydi.Sakrash 3 bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda – sakrashni amalga oshirayotganda brusokka qaysi oyog’i bilan birinchi sakragan bo’lsa, huddi o’sha oyog’i bilan brusokdan qumga sakrashni amalga oshirishi kerak. 2-boshqich qadam deyiladi, bunda yerga boshqa oyog’ bilan teyish kerak. Ohirgi bosqich esa qumga sakrab tushishdir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |