Salavat
Salavat — Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasidagi shahar (1954-yildan). Oq Idil (Kama irmogi) daryosi boʻyida. Ufadan 188 km janubidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 155,6 ming kishi (1998). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo mashinasozligi sanoatlari bor. Qurilish materiallari korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Ufa neft institutining kechki fakulteti, bir necha oʻrta maxsus bilim yurtlari, drama teatri mavjud. Shahar Salavat Yulayev nomiga qoʻyilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |