Salim II
Selim II (usmonli turkcha: slym tẖạnī Selim-i s ānī, turkcha: II. Selim; 1524-yil 28-may – 1574-yil 15-dekabr), Sariq Salim (turkcha: Sarı Selim) yoki Mast Salim nomlari bilan ham tanilgan (turkcha: Sarhoş Selim), 1566-yildan 1574-yilgacha Usmonli imperiyasining sultoni. U Sulaymon podshoh va uning rafiqasi Hurram Sultonning oʻgʻli edi. Akasi Mehmed chechak kasalligidan vafot etgan, oʻgay ukasi Mustafo otasining buyrugʻi bilan boʻgʻib oʻldirilgan. Ukasi Boyazid qatl etilguniga qadar Salim taxtga nomzod boʻlgan. 1574-yil 15-dekabrda vafot etdi va Ayasofyada dafn qilindi.
Salim II | |
---|---|
سليم ثانى Selîm-i sânî | |
Tavalludi |
28-may 1524-yil |
Vafoti |
15-dekabr 1574-yil (50 yoshda) Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Turmush oʻrtogʻi |
Nurbanu Sultan Salimiya Sulton |
Bolalari |
Oʻgʻillari: Murod III[1] Usmon Mustafo Sulaymon Abdulloh Mehmed Jahongir[1] |
Otasi | Sulaymon I Qonuniy |
Onasi | Hurram Sulton |
Imzosi | |
Salim 1524-yil 28-mayda Konstantinopolda (Istanbul) tugʻilgan. Uning onasi Hurram Sulton kanizak boʻlib, hozirgi Ukrainada pravoslav ruhoniyning qizi boʻlgan va keyinchalik Sulaymonning qonuniy xotini boʻlgan[2][3].
1543-yilda Manisada Selim kelib chiqishi bahsli Nurbanu Sultonni kanizak qilib oldi. U Salimning vorisi Murod III ning onasi. Selim Nurbanuga qonuniy tarzda uylangan.
Salim II 1566-yil 7-sentyabrda sulton boʻlib, saroy fitnalari va birodarlik tortishuvlaridan soʻng taxtga oʻtirdi. Selimning Sadr vaziri Mehmed Sokollu hamda hozirgi Bosniya va Gersegovinada tugʻilgan rafiqasi Nurbanu Sulton davlat ishlarining katta qismini nazorat qildilar. 1568-yil 17-fevralda Konstantinopolda Gabsburglar bilan shartnoma tuzishga muvaffaq boʻldi. Rim imperatori Maksimilian II, bu orqali imperator har yili 30 000 dukat miqdorida soliq toʻlashga rozi boʻldi. Usmonlilarga Moldaviya va Valaxiyadagi hokimiyatni berdi[4].
Kinoda
tahrir- Turkiyaning „Hurram Sulton“ serialida Salim rolini aktyor Atılay Uluşık ijro qilgan.
- „Muhtasham asr“ serialida (2011-2014) Salim rolini aktyor Engin Öztürk ijro qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Peirce L. P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford University Press, 1993 — 92-bet.
- ↑ Peirce, Leslie. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford: Oxford University Press, 1993 — 61-bet. ISBN 0-19-508677-5.
- ↑ The Speech of Ibrahim at the Coronation of Maximilian II, Thomas Conley, Rhetorica: A Journal of the History of Rhetoric, Vol.
- ↑ Tanindi, Zeren „Bibliophile Aghas (Eunuchs) at Topkapi Saray“, . Essays in Honor of J.M. Rogers (en) Gülru Necipoğlu: . BRILL, 2004 — 335-bet. ISBN 978-90-04-13964-0.
Adabiyotlar
tahrir- Halil İnalcık. Osmanlı İmparatorluğu Klasik Çağ (1300-1600). Yapı Kredi Yayınları, 2008. ISBN 975-08-0588-7.
- Necdet Sakaoğlu. Bu Mülkün Sultanları. Oğlak Yayınları, 1999 — 149-160-bet. ISBN 9753293006.
- İsmail Hakkı Uzunçarşılı. Osmanlı Tarihi: Cilt. III/1 II. Selimʼin Tahta Çıkışından 1699 Karlofça Andlaşmasına Kadar. Türk Tarih Kurumu Yayınları, 1951, yeni ed. 1988. ISBN 975-16-0013-8.
- Turan, Serafeddin. İslam Ansiklopedisi. Selim II. Türkiye Cumhuriyeti, Maarif Bakanlığı, 1940 — 434-444-bet.
- Yavuz Bahadıroğlu. Resimli Osmanlı Tarihi. Nesil Yayınları.