Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).

Olimjon Salimov
Tavalludi 30-avgust 1947-yil (1947-08-30) (77 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor

Hayoti

tahrir

Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1969), rejissyorlik (1993) fakultetlarini tugatgan. 1969—84 yillar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rejissyor 1984—93 yillar Fargʻona teatrida bosh rejissyor, 1993-yildan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rejissyor sifatida "Bir xonada qoʻsh qangoma" (A. Vampilov), "Sohil yoqalab chopayotgan olapar" (Ch. Aytmatov), "Jafoga vafo" (Alp Jamol), "Temir xotin" (Sh. Boshbekov, "GranPri" mukofoti, 1988, 1989), "Toshkentga sayohat" (Hamza), "Ot yigʻlagan yumonda" (T. Murod), "Ufq" (S.Axmad), "Boz masharaboz" (O.Salimov), "Sohibqiron" (A. Oripov), "Turna patlari" (Dzuindzi Kinosito), "Ikki chuʼjiza" (K. Gotssi), "Dala sayli" ("Piknik", F. Arabbal), "Uchar tabib" (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos :foda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomini Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990).[1]

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Obraz Izoh
2023 Abdulla Oripov

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil