Salme Kann (1881-yil 31-yanvar, Kanepi, Rossiya imperiyasi — 1957-yil 26-oktyabr, Tartu, Estoniya) — estoniyalik ovoz va xor oʻqituvchisi[1][2][3]. Maʼlum bir muddat hamshiralik bilan ham shugʻullangan.

Salme Kann
Tavalludi 31-yanvar 1881-yil
Vafoti 26-oktyabr 1957-yil(1957-10-26)
(76 yoshda)
Tartu, Estoniya
Fuqaroligi Estoniya
Kasbi Oʻqituvchi
Otasi Hans Kann

Hayoti va taʼlimi

tahrir

Salme Kann Rossiya imperiyasining Livoniya gubernatorligiga qarashli Kanepi shahrida oddiy maktab oʻqituvchisi Hans Kann (1849—1932) va Liisa Kannlarning (1856-1936) oilasida tugʻilgan. Uning opasi Kallista Kann katta tilshunos olim boʻlgan. Salme Kann Sankt-Peterburg konservatoriyasida qoʻshiqchilik boʻyicha tahsil olgan. Unga konservatoriyada 1902-yildan 1904-yilgacha Elizaveta Fyodorovna Zwanziger, 1904-yildan 1906-yilgacha boʻlgan davrda Carolina Ferni, 1906-yildan 1907-yillar mobaynida esa Theodor Leschetizky ustozlik qilgan. U konservatoriyani 1908-yilda muvaffaqqiyatli tamomlaydi[4][5]. Keyinchalik esa 1908-yilda Milan, 1909-yildan 1910-yilgacha Florensiya shaharlarida ham taʼlim oldi[1].

Faoliyati

tahrir

Salme Kann 1911-yilda yana Estoniyaga qaytib keldi. Birinchi jahon urushi paytida u Moskva, Voronej va Penza kabi shaharlarda hamshira boʻlib ishladi. 1920-yildan boshlab esa Tartu shahrida yashay boshladi. 1920—1930-yillarda Tartuda qoʻshiqchilik boʻyicha shaxsiy oʻqituvchisi boʻlib ishladi[3]. 1926-yilda u Tartu ayollar uyushmasida Valgelindi ayollar xoriga asos soldi va uning rahbari boʻlib ishlay boshladi. 1928-yilda esa Salme Kann boshchiligida Tartu ayol qoʻshiqchilari jamiyati tashkil topdi[1].

Salme Kann 1940-yildan 1957-yilgacha Tartu shahridagi musiqa maktabida mumtoz musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishladi[1][5][6]. 1944-yil 25-avgustdan 8-oktyabrgacha esa vaqtinchalik maktab direktori vazifasini bajarib turdi[7]. Salme Kann oʻz faoliyati davomida Margarita Miglau, Kalmer Tennosaar va Hele Rahn kabi mashhur shogirdlar chiqardi[8].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Ainsoo, Lembit; Ainsoo, Uno. 1000 tartlast läbi aegade. Tartu: MTÜ Liivimaa Mälu, 2003 — 148-bet. 
  2. „Tähtpäevi jaanuaris 4.“. Koit (2011-yil 22-yanvar), s. 16. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
  3. 3,0 3,1 Eelhein, Ela. Eesti muusika biograafiline leksikon. Tallinn: Valgus, 1990 — 71-bet. 
  4. Tamul, Sirje. Vita academica, vita feminea: artiklite kogumik. Tartu: Tartu Ülikooli Kirjastus, 1999 — 190-bet. 
  5. 5,0 5,1 Ида, Оскар. Эстонские были. Narva: Sata, 2007 — 207-bet. 
  6. „Erna Saare mälestusi“. Heino Elleri Muusikakool. Tartu: Heino Elleri Muusikakool. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
  7. „Ajalugo: Direktorid“. Heino Elleri Muusikakool. Tartu: Heino Elleri Muusikakool. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
  8. Kutsch, Karl-Josef; Riemens, Leo. Großes Sängerlexikon, vol. 4. Munich: K. G. Saur, 2003 — 3119-bet.