Salmon Shahr
Salmon Shahr (forscha: سلمانشهر, ilgari Motel Ghoo nomi bilan mashhur boʻlgan (fors. متل قو)[2] —Eronning Mozandaron viloyati, Abbosobod tumanidagi shahar markazi. 2006-yil aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 9,592 nafar va 2,605 oiladan iborat[3].
Salmon Shahr Motel Ghoo | |
---|---|
Shahar | |
36°42′12″N 51°11′45″E / 36.70333°N 51.19583°E | |
Mamlakat | Eron |
Provinsiya | Mozandaron |
{{{tuman_turi}}} | Abbosobod |
Joylashuv | Salman Shahr |
Aholisi (2016-yil aholi royxatga olingan) |
9,656 [1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
|
Motel Ghoo Tonekabonning 30 kilometr (19 mi) sharqida, Chalus shahri yoʻlida joylashgan.
Tarix va ismlar
tahrirMotel Ghoo bu shaharning islom inqilobidan keyingi yangi nomi. Oʻtmishda shahar Saqikelaye deb nomlangan. Keyin esa Motel Ghoo (Swan Motel) mehmonxonasi nomi bilan atalgan. Salmon Shahr shahri 1961-yilda tashkil etilgan yangi aholi punkti boʻlib, 1962-yilda munitsipalitet sifatida tashkil topgan.
Iqtisodiyot
tahrirTurizm
tahrirShahar iqtisodiyotining muhim qismi turizmdir[4]. 2000-yillarning oxirida „Qoo“ yoki „Yaqin Sharq olmosi“ deb nomlangan yirik rivojlanish va qurilish loyihalari boshlanadi. Ushbu loyihalarning asosiy qismi Motel Qoo joylashgan joyda qurilgan. Ushbu hududda tijorat, turar-joy, sayyohlik, sport va koʻngilochar majmualar, 5 yulduzli mehmonxona, ikkita turar-joy va tijorat minoralar, sport majmuasi va ulkan kema shaklida qurilgan olti qavatli avtoturargoh kiradi. Ushbu loyihaning umumiy yer maydoni 43,263 m2 (465,680 kv ft)ni tashkil qiladi. Bu yerda 173,000 m2 (1,860,000 kv ft) ular quyidagilar:
- Negin Pooyaning turar-joy binosi: 300 ta juda koʻrkam va zamonaviy turar-joy kvartiralari boʻlgan 25 qavatli egizak minoralarni oʻz ichiga oladi.
- Negin Pooryaning tijorat balandligi: kirish joyi turar-joy minorasidan alohida, mustaqil uch qavatdan iborat.
- 5 yulduzli lyuks xalqaro Swan mehmonxonasi: 35 qavatdan iborat. Bu mehmonhonada 337 ta xona va 14 ta hashamatli turar joy ajoyib Royal Suite bilan toʻliq jihozlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Statistical Center of Iran > Home“.
- ↑ Salmon Shahr can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3075910" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
- ↑ „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (Excel). Eron statistika markazi. 2011-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „متل قو، شهری میان جنگل و دریا“ (fa). خبرگزاری مهر | اخبار ایران و جهان | Mehr News Agency (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-yanvar.