Salohuddin al-Ayyubiy

(Salohiddindan yoʻnaltirildi)

Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138— 1193-yil 4-mart, Damashq) — Misr hukmdori (1171-yildan), Ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169-yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171-yilda Fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib, Abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—1186-yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187-yil 3—5-iyulda Salohuddin al-Ayyubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqinida (Falastin) tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddinning ichki siyosati harbiy len tizimini (qarang: Iqto) rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi[1].

Salohiddin
Quddus fotihi
Misr va Suriya sultoni
Ikki muqaddas masjid xodimi

Salohuddin tasvirlangan dirham tanga (tax. 1189)
Misr va Suriya sultoni
Saltanat 11741193-yil, 4-mart
Oʻtmishdoshi Al-Adid (Fotimiylar xalifasi)
Davomchisi
Tugʻilishi Salohuddin al-Ayyubiy
tax. 1137-yil
Tikrit, Jazira, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 4-mart 1193 (yoshi 55–56)
Damashq, Ayyubiylar davlati
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Ismet Hatun
Sulola Ayyubiylar {Sulola asoschisi)
Otasi Najmiddin Ayyub
Dini Islom

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil