Salohuddin maqbarasi
Salohuddin maqbarasida oʻrta asr musulmonlaridan boʻlgan Ayyubid Sulton Salohuddin al-Ayyubiyning qabri joylashgan. U Suriyaning Damashq shahridagi Umayyad masjidiga tutashgan[1]. Maqbara Salohuddin vafotidan uch yil oʻtgach, 1196-yilda qurilgan[2]. Maqbara majmuasiga qabrdan tashqari madrasa al-Aziziya ham kirgan, ulardan bir necha ustunlar va taʼmirlangan qabrga tutashgan ichki arkgina saqlanib qolgan[3].
Salohuddin maqbarasi | |
---|---|
ضريح صلاح الدين الأيوبي | |
Maqbaraning kirish qismi | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | maqbara |
Meʼmoriy uslubi | Ayyubiylar, Usmoniylar meʼmorchilifi |
Joylashuvi | Damashq, Suriya |
Koordinatalar | 33°30′43.6″N 36°18′21.36″E / 33.512111°N 36.3059333°E |
Salohuddin maqbarasi |
Maqbarada hozirda ikkita sarkofag bor: biri Salohuddinning hoki boʻlgan yogʻochdan, ikkinchisi esa marmardan qilingan. U XIX asr oxirida Usmonlilar sultoni Abdulhamid II tomonidan Salohuddin sharafiga qurilgan va keyinchalik Germaniya imperatori Vilgelm II tomonidan qayta tiklangan[4][5]. Marmar sarkofag bilan bir qatorda, marmar sarkofagga oltin naqshli zarhal bronza gulchambar ham qoʻyilgan, uni keyinchalik Faysal I yoki arab Lourens olib tashlagan. Keyinchalik bronza gulchambarni Imperator urush muzeyiga saqlashgan[6].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Moaz. „Mausoleum of Saladin (Salah al-Din)“. Museum With No Frontiers. Qaraldi: 2010-yil 12-aprel.
- ↑ Mannheim, 2001, p.88.
- ↑ „Mausoleum of Saladin“. Madain Project. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ Saladin, 2011, Anne-Marie Edde, Caption to Picture
- ↑ Man, 2015, p.264.
- ↑ „Mausoleum of Saladin“. Madain Project. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
Adabiyotlar
tahrir- Mannheim, Ivan. Syria & Lebanon Handbook: The Travel Guide. Footprint Travel Guides, 2001. ISBN 978-1-900949-90-3.
- Berney, K. A.. International dictionary of historic places: Middle East and Africa, Volume 4. Taylor & Francis, 1996. ISBN 978-1-884964-03-9.
- Man, John. Saladin: The Life, the Legend and the Islamic Empire. Random House, 2015. ISBN 978-1-473508-54-5.