Saluin, Saluen (bir.: သံလွင်မြစ်; tibetcha: ནག་ཆུ / NagChu; xitoycha Nutszyan) — Xitoy va Myanmadagi daryo, qisman Myanma bilan Tailand oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Uzunligi 3200 km, havzasining maydoni 325 ming km². Tangla tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yunnan va Shan togʻliklaridagi chuqur daralarda sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Quyi qismida sohil boʻyi tekisligida oqib, Andaman dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 6700 m³/sek., yozda suvi toshadi. Quyi oqimda kema qatnaydi. Quyilish yerida Molamyayn dengiz porti joylashgan[1].

Saluin
Tavsif
Uzunligi 2 815
Suv sarfi 4 876 m³/s
Joylashuvi
Davlat Xitoy, Tailand va Myanma
Saluin

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil