Salvey — kechpishar shaftoli navi. AQSH da chiqarilgan. Oʻzbekiston va Tojikistonda tarqalgan. Daraxti baland usadi, 8 yoshligida bal. 5—6 m ga yetadi, shoxshabbasining kengligi 4,5—5 m, kalin, keng piramidasimon. Bargi mayda, toʻq yashil, bandi qisqa.

Guli mayda. Mevasi yirik, vazni oʻrtacha 120 g, yumaloq, toʻq sariq. Poʻsti qalin tukli, yupqa, etidan qiyin ajraladi. Eti sariq, danagi atrofi qirmizi, shirasi oʻrtacha, nordonshirin, yoqimli. Danagi oʻrtacha, magʻzi tahir. Mevasi sentabr oʻrtalarida pishadi. Tarkibida 8—10% kand, 0,75% kislota bor. Koʻchati oʻtqazilgandan keyin 3yildan muntazam hosil bera boshlaydi. 6—7 yoshida har tupidan 60—70 kg, yaxshi parvarish qilinganda 100 kg hosil beradi. Hosiddorlik davri 12—15 yil. Sovuqqa bardoshi oʻrtacha. Yangiligida isteʼmol qilinadi, qoqi qilinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida eng kechpishar navlaridan biri sifatida rayonlashtirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil