SamDU akademik litseyi
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/SamDU akademik litseyi. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „SamDU akademik litseyi“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • akademik litseyi qaydlar • oʻchirish |
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyi.
Akademik litsey tarixi
tahrirOʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi hamda Xalq taʼlimi vazirliklarining 1995 yil 1-dekabrdagi qoʼshma buyrugʼi asosida 1996 yilning 15-yanvar kuni SamDU qoshida litsey-internat tashkil qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-sonli „Oʼzbekiston Respublikasida oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida“gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 1998-yil 16-iyuldagi 192-sonli, hamda Samarqand viloyat hokimligi oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining 1998-yil 24-iyuldagi 44-sonli buyruqlariga asosan SamDU qoshidagi litsey-internatga 1998-yil 1-sentyabrdan akademik litsey maqomi berildi.
Taʼlim yoʻnalishlari
tahrirBugungi kunda akademik litsey 3 ta taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha chuqur taʼlim berishga ixtisoslashtirilgan:
- Aniq fanlar (iqtisod) – matematika, xorijiy til (ingliz), ona tili va adabiyot.
- Aniq fanlar (texnika) – fizika, matematika, ona tili va adabiyot.
- Tabiiy fanlar – biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot.
Mavjud kafedralar
tahrirHozirgi vaqtda akademik litseyda:
- Aniq fanlar
- Tabiiy fanlar
- Gumanitar fanlar
- Xorijiy filologiya kafedralari faoliyat koʼrsatmoqda.
Oʻquv xonalar
tahrirAkademik litseyda 58 ta zamonaviy oʼquv xonalari, 100 oʼrinli va 28500 dan ortiq nusxadagi kitob fondiga ega boʼlgan axborot resurs markazi, 200 oʼrinli majlislar zali, zamonaviy oʼqitish texnik vositalar bilan taʼminlangan 4 ta informatika xonasi va 2 ta chet tillariga ixtisoslashgan xona, 2 ta kimyo, 2 ta fizika va 2 ta biologiya laboratoriya xonasi mavjud.
Oʻquvchilar turar joyi
tahrirUzoq tumanlardan qabul qilingan oʼquvchilar uchun barcha qulayliklarga ega boʼlgan 200 oʼrinli yotoqxona mavjud. Oʼquvchi va oʼqituvchilarga sogʼlom ovqatlanishlari uchun 2 ta oshxona faoliyat koʼrsatmoqda.
Ilmiy salohiyati
tahrirBugungi kunda SamDU litseyida 400 dan ortiq oʼquvchi yoshlarga 50 dan ortiq yuqori malakali oʼqituvchilar taʼlim berib kelmokda. Ulardan 11 nafari fan nomzodlari, dotsentlar hamda 40 dan ortigʼi bosh va yetakchi oʼqituvchilardir. Akademik litsey oʼqituvchilari tomonidan bugungi kungacha 200 ga yaqin oʼquv, oʼquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, qoʼllanmalar yaratilgan.
Havolalar
tahrir- Telefon: +998-66-232-11-79, +998-66-232-11-80
- Manzil: Samarqand shahri, Rudakiy koʻchasi, 237-uy
- SamDU akademik litseyi rasmiy web sayti