Samarkand Airways
Samarkand Airways (oʻzbekcha: Samarqand Havo Yo‘llari, Самарқанд Ҳаво Йўллари) Oʻzbekistonda joylashgan, yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha charter reyslarini amalga oshiruvchi aviakompaniya. Aviakompaniya 2005-yilda AQShning Kentukki shtatida joylashgan Amerika-Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi sifatida tashkil etilgan[2]. Flot uchun samolyotlarni bosh kompaniya bo'lgan – Universal Mobility Solutions taʼminlab berdi[3]. Aviakompaniya Toshkentdan muntazam ravishda doimiy yuk tashish yoʻnalishini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan edi[4]. 2008-yilda esa Dushanbega[5] Ilyushin Il-76 va Antonov An-12 samolyotlaridan foydalanish rejalashtirilgan boʻlsa-da, bunday yoʻnalish amalda yoʻlga qoʻyilmadi[6]. Yoʻlovchilar uchun charter reyslar Tupolev Tu-154, Yakovlev Yak-40 va Avro RJ-85 samolyotlarida amalga oshirilgan. Charter yuk tashish parvozlari esa Antonov An-26 samolyotidan foydalanilgan holda bajarilgan[7].
Samarqand Airways | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: C7 – ICAO kodi: UZS | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | fuqaro aviatsiyasi | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
Xizmat doirasi | Samarqand | ||
Joylashuvi | Samarqand, Oʻzbekiston | ||
Havo yoʻli tuguni | Toshkent xalqaro aeroporti | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Oʻzbekiston havo yoʻllari[1] |
Aviakompaniya rasman mavjud boʻlsa-da, uning veb-sayti yoʻqolib ketgan va u faoliyat yuritmayapti[8].
Manbalar
tahrir- ↑ AIP
- ↑ „Samarkand Airways : C7 : Samarkand Havo Yullary : About Us“ (2011-yil 26-noyabr). 2011-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-dekabr.
- ↑ „Авиакомпания "Самаркандские Авиалинии"“. www.avia-board.com. Qaraldi: 2017-yil 31-dekabr.
- ↑ „Samarkand Airways : C7 : Samarkand Havo Yullary : Offices“ (2011-yil 26-noyabr). 2011-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
- ↑ „Uzbek air company to transport cargoes to Tajikistan | Tajikistan News-NA „Asia-Plus““ (en). old.news.tj. 2018-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
- ↑ „Авиарейс Ташкент - Душанбе возможен, но пока только грузовой (АвиаПорт)“ (ru). АвиаПорт.Ru. Qaraldi: 2017-yil 31-dekabr.
- ↑ „Самарканд Хаво Йуллари - контакты, товары, услуги, цены“ (ru). aircargo.webprorab.com. 2018-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-dekabr.
- ↑ „Samarkand Airways“. 2014-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.