Samarqand-Andijon temir yoʻli
Samarqand-Andijon temir yoʻli — chor Rossiyasi tomonidan 1880—1890-yillarda harbiy maqsadlarda qurilgan Zakaspiy harbiy temir yoʻli (Krasnovodsk—Jebel—Chorjoʻy— Samarqand —Toshkent va Andijon) ning davomi. Uzunligi 530 km. 1895—99 yillarda qurilgan. Dastlab harbiy, yaʼni Oʻrta Osiyoda Angliya taʼsirining oldini olish maqsadlarda qurilgan, keyinchalik siyosiyiqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega boʻldi. Zakaspiy temir yoʻl Samarqandga yetkazilgach (1988), Chor Rossiyasi hukumati uni Fargʻona vodiysi va Toshkent tomon uzaytirishga qaror qiddi. 1895-yil 27 mayda S—Samarqand-Andijon temir yoʻliyilni va uning Toshkent va Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona sh.) ga olib boradigan tarmoqlarini qurishga kirishildi. Qurilishga 2 ta temir yoʻl bataloni hamda aholidan 13 ming ishchi jalb qilindi, ularga injener A. I. Ursati boshchilik kildi. Qurilish materiallarining aksariyati Andijon, Qoʻqon, Margʻilon va Toshkentdan, qolgan qismi Rossiyadan keltirildi va qurilish ishlari juda ogʻir sharoitlarda olib borildi. S—Samarqand-Andijon temir yoʻliy., dastlab, Ursatyevskaya (hozirgi Xovos)gacha, keyin 1898-yilda Andijongacha yetkazildi. 1899-yil Samarqand—Toshkent tarmogʻi qurib bitkazildi. 1899-yil apr oyidan bu yulda poyezdlar muntazam qatnay boshladi. Shu yili Zakaspiy temir yoʻl Harbiy vazirlik ixtiyoridan olinib, Temir yoʻllar vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi. Hozirgi davrda bu yoʻl "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik kompaniyasining boʻlimlariga qaraydi. Uning Samarqanddan Toshkentgacha boʻlgan qismi toʻla elektrlashtirilgan va elektropoyezdlar katnaydi.
Adabiyotlar
tahrir- Suvorov V. A., Istorikoekonomicheskiy ocherk razvitiya Turkestana (Po meterialam j.d. stroitelstva v 1880—1917 gg.). T., 1962[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |