Samarqand–Qarshi avtomagistrali

Samarqand–Qarshi avtomagistrali (A378) — Oʻzbekiston hududidagi xalqaro ahamiyatli avtomobil yoʻli, umumiy uzunligi 138 km. Yoʻl I—III toifali, asfalt-beton qoplamali. Yilning kuz-qish fasllarida Toshkent—Termiz (M39) xalqaro avtomagistralining (qarang Katta Oʻzbekiston trakti) Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari oraligʻidagi Taxtaqoracha dovonidan oʻtuvchi qismida ogʻir yukli avtopoyezdlarining qatnovini taʼminlash, Samarqand—Qashqadaryo viloyatlari oʻrtasida avtobus harakatini yoʻlga qoʻyish va xalq xoʻjalik yuklarini tashishda muhim oʻrin tutadi. Yoʻldagi transport harakati jadalligi 4000—6000 avtomobil/kunni tashkil qiladi (2003).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil