Samarqand Darvoza koʻchasi (Toshkent)

Samarqand Darvoza koʻchasi — Shayxontohur tumani hududida. Poytaxtning qadimgi koʻchalaridan biri. Chorsu va Oqtepa maydonlari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida. Asadulla Xoʻjaev koʻchasi bilan kesishgan, Kattabogʻ, Yangiobod, Kamolon koʻchalari bilan tutashgan.

Samarqand Darvoza koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Uzunligi 4 km
Kim sharafiga nomlangan Samarqand darvoza
Koʻchada joylashgan binolar Jar (sport majmuasi)
Zangiota jome masjidi
Zaxariq qabristoni

Tarixi

tahrir

Qadimda savdogarlarning Chorsu bozoriga kirib keladigan asosiy karvon yoʻllardan biri boʻlgani va koʻcha yoʻnalishida Samarqand darvozasi boʻlgani uchun xalq tilida shu nom bilan yuritilgan. 1893-yil koʻchaga rasman Samarqand darvozasi koʻchasi nomi berilgan[1].

Binolar

tahrir

Yoʻnalishida „Samarqand darvoza“, „Zangiota“, „Suzukota“, „Chaqar“ va „Qoratosh“ mahallalari, „Jar“ sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, tuman ichki ishlar boshqarmasi, yonilgʻi koʻyish shoxobchasi, „Zaxariq“ qabristoni, „Muruvvatteks“ qoʻshma tikuvchilik korxonasi, Zangiota jome masjidi, „Parvinabank“, „Oqtepa“ bozori shoxobchasi, 14-, 46-, 47-oilaviy poliklinika, „Samarqand“ va „777“ restorani, stomatologiya poliklinikasi, dorixona, mahalla guzari, savdo shoxobchalari, goʻzallik saloni, ustaxonalar, maktab, bogʻcha va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari hamda koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan.

Yaqinida „Koratosh“ mavzesi, „Chorsu“ mehmonxonasi, „Koʻkaldosh“ madrasasi, „Suzukota“ maqbarasi, „Turkuaz“ gipermarketi, „Huromad“ savdo majmuasi, avtosalon bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.