Samarqand kimyo zavodi - kimyo sanoatining yirik korxonalaridan biri. "Oʻzkimyosanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Ammofos, oddiy superfosfat, boyitilgan superfosfat va boshqa fosforli oʻgʻitlar, sulfat kislota ishlab chiqaradi. Samarqand shahridan 12 km gʻarbda, Kimyogarlar shaharchasida joylashgan. Dastlab "Samarqand superfosfat zavodi" nomi bilan korxona kurilishi 1950-yilda boshlangan. 1980-yildan hozirgi nomda. 1954-yilda sulfat kislota sexi, 1955-yilda superfosfat sexi ishga tushirilgan. Oddiy superfosfat, ammoniylashgan superfosfat, texnikada qoʻllaniladigan sulfat kislota, texnik kislorod, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar i.ch. oʻzlashtirilgan. 3d 1965-yilda rekonstruksiya qilinib, i.ch. quvvatlari 2 marta oshirildi. 1975-yilda yirik sulfat kislota sexi foydalanishga topshirildi, 1978-yildan jahon tajribasida birinchi marta tarkibida 24,5% R2O5 boʻlgan past navli Qoratov (Qozogʻiston) fosforitini qayta ishlashga oʻtdi. 1979-yilda zavodning 2navbati qurildi, yillik quvvati 450 ming t monogidrat boʻlgan sulfat kislota sexi, 136,4 ming t ekstraksion fosfor kislota ishlab chiqaradigan fosfor kislota sexi ishga tushirildi. Zavodning ammofos i.ch. boʻyicha 3navbati 1982—84 yillarda qurilib, 3ekstraksion fosfor kislota sexi foydalanishga topshirildi. 1994-yildan zavodda ammoniy sulfat oʻgʻitini i.ch. oʻzlashtirildi. Korxonaning diammoniyfosfat oʻgʻiti boʻyicha yillik quvvatini 200 ming t ga yetkazish uchun qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Yiliga 500 ming t sulfat kislota, ammofos va boshqa oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega (2003). Korxona mahalliy xom ashyo bazasida ishlashga oʻtkazilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan oʻgʻitlar Xitoy, Eron, Turkmaniston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil