Samarqand liftsozlik zavodi
Samarqand liftsozlik zavodi — kommunal mashinasozligi sanoati korxonasi. Yuk va odamlarni tashishga moʻljallangan turli modifikatsiyadagi liftlar, liftlarga ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi 1967-yilda boshlangan. 1971-yildan korxona zamonaviy rusumdagi liftlarni seriyalab ishlab chiqara boshladi. 1975-yildan dare va dengiz kemalari uchun yuk va yoʻlovchilar tashishga moʻljallangan liftlarni i.ch. oʻzlashtirildi. 1987—89 yillarda zavod rekonstruksiya qilindi va yillik quvvati 8 ming dona liftga yetkazildi. Sobik Ittifoqda zavod asosiy liftsozlik korxonalaridan biri boʻlgan. 1995-yilda korxona ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |