1868-yildagi Samarqand qamali — hozirgi Oʻzbekiston hududidagi Samarqand shahrida Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligining bir nechta oʻzbek urugʻlari ittifoqidan tashkil topgan qoʻshinlari oʻrtasidagi harbiy ziddiyat[3]. Turkiston yurishlarida rus imperator qoʻshinlarining Samarqand qal’asini qarshi tomondan mudofaa qilishi. Ziddiyat natijasida rus qoʻshinlari garnizoni qarshi tomonning qamali va bir necha martalik hujumlarini yoʻqqa chiqaradi. Rossiya tomonining gʻalabasi Turkiston general-gubernatorligi ustidan boshqaruvni mustahkamlaydi va Buxoro amirligining kuchsizlanishiga sabab boʻladi.

Samarqand qamali
Asosiy ziddiyat: Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyodagi mulklari
Rus qo'shinlarining Samarqandga kirib kelishi
Sanalar 2 (14)-iyun — 8 (20)-iyun 1868-yil
Urush yeri Samarqand (Buxoro amirligi)
Sabab Rossiya imperiyasining bosqinchilik yurishlari
Natija Rus qo'shinlari g'alabasi
Raqiblar
Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi
Qoʻmondonlar
Nikolay Nazarov
Fridrix Shtempel
Joʻrabek
Bobobek
Umarxo‘ja
Kuchlar
660 askar 65000 mingga yaqin qoʻzgʻolonchi[1]
Yoʻqotishlar
49 kishi vafot etgan, 172 kishi yaralangan[2] nomaʼlum

Asosiy ziddiyat

tahrir

19-asr oʻrtalarida Rossiya imperiyasi Oʻrta osiyoga imperiyaga dushmanlik kayfiyatida boʻlgan musulmon xalqlarni boʻysundirish va imperiya hududlarini kengaytirish maqsadlarida bir nechta harbiy yurishlar uyushtiradi. 1864-yilda Qoʻqon xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida harbiy ziddiyatlar boshlanadi. Qoʻqon xonligi kuchlari tez orada tor-mor etilganligini kuzatgan va mintaqada Rossiyaning hukmdorligi boshlanishidan hadiksiragan buxoro amiri Rossiyaga qarshi urushga qoʻshiladi. Taʼminotdagi yetishmovichiliklarga qaramay rus qoʻshinlari Qoʻqon-Buxoro tandemining kuchlariga qarshi bir nechta janglarda gʻalabaga erishadi. Natijada ittifoqdoshlar maʼlum bir hududlarni tashlab chiqib ketishga majbur boʻlishadi, keyinchalik ushbu tark etilgan hududlar general Konstantin fon Kaufman boshqaruvidagi Turkiston general gubernatorligiga qoʻshib olinadi[4][5].

Yerjar yaqinida Buxoro qoʻshinlari ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng general fon Kaufman amir Muzaffarga Rossiya foydasiga oʻzgargan yangi chegara loyihasini tasdiqlashni taklif qiladi. 1868-yil bahorida Buxoro tomonining loyihani imzolashdan bosh tortishi jangovar harakatlarning qayta boshlanishiga olib keldi. Kaufman amirni Rossiya tomonidan tahrirlangan va amir tomonidan imzo chekilmagan hujjatga koʻra imperiya mulkiga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻrishda ayblaydi va 4 ming nafardan ortiq askardan iborat harbiy otryad bilan, 1868-yil aprelda Zarafshon yurishiga kirishadi. Yurish davomida amirlikning eng yirik shahri Samarqandni olishga qaror qiladi.

Bu vaqtga kelib Buxoro qoʻshinlari Samarqandning Choʻponota tepaliklarida joylashgan edi. 1868-yil 1-mayida rus qoʻshinlari tepaliklarga hujum boshlaydi. Sarbozlarning oʻq va toʻplarining uzluksiz otishlariga qaramay, rus askarlari daryodan oʻtishadi. Buxoroliklarning avangardlarini magʻlub etib, Choʻpon ota choʻqqisini egallashadi va Buxoro qoʻshinlarini chekinishga majbur qiladilar.

1868-yil may oyida Buxoro amiri Muzaffar qoʻshinlarini bir qator magʻlubiyatlar natijasida Samarqand shahriga olib kirib chekinmoqchi boʻladi, biroq koʻplab hujum va qamallar natijasida holdan toygan shahar aholisi eshiklarni yopib, amir qoʻshinlari shaharga kirishiga toʻsqinlik qiladi.

1868-yilning 14 (26)-mayida rus qoʻshinlari XVIII asrdan buyon mangʻitlar sulolasi hukmdorlik qiladigan Buxoro amirligi hududiy birligidagi Samarqand shahrini bosib olishadi.

Qamalga olib kelgan sabablar

tahrir

General Kaufman Zarafshon vodiysidagi vaziyatni mustahkamlash va chekinayotgan Buxoro qoʻshinlarini toʻliq magʻlub etish uchun qoʻshini bilan shaharni tark etadi. Samarqandda 685 kishidan iborat kichik garnizon shahar mudofaasi uchun qoldiriladi[6]. Samarqandda qoldirilgan askarlarning ayrimlari yarador, ayrimlari jangovor harakatlarda ishtirok etmaganlardan boʻlib, harbiy jihatdan unchalik kuchli boʻlmagan kishilar edi. Ular ixtiyorida 4 ta piyoda, bitta sapyor rotasi, 2 ta toʻp va 2 ta mortir mavjud boʻlgan. Garnizonga mayor Shtempel boshchilik qilgan[7].

General Kaufmanning shaharni tark etganidan xabar topgan samarqandliklar garnizonning oz sonli askarlardan tashkil topgani va diniy rahnamolarning chaqiriqlariga quloq solib isyon koʻtarish uchun tayyorgarlik koʻra boshlaydilar. 1 (13)-iyun tongida bozorda olomon shovqin-suron koʻtarib, binolar tomidan rus askarlariga tosh otishni boshlaydi va ayni shu vaqtda shahar devorlari tashqarisida koʻp sonli aholi yigʻiladi.

Qoʻzgʻolon

tahrir

Kaufmanning Samarqandni tark etganidan xabar topgan Shahrisabz beklari xitoy-qipchoqlar, naymanlar, qoraqalpoqlar va boshqa qabilalar vakillaridan iborat katta qoʻshin yigʻib, koʻplab qurolli otryadlar bilan shaharga yaqinlashadilar. Huddi shu vaqtda, ruslar boshqaruviga qarshi boʻlgan bir qancha shaxslar shaharliklar orasida qoʻzgʻolon uyushtirishga erishadilar. Rus qoʻshinlariga qarshi kayfiyatda boʻlganlar soni soni 65 ming kishiga yaqinlashadi: 25 ming shaxrisabzlik, 15 ming qipchoq va 15 ming shahar aholisi shular jumlasidan.

Rus qoʻshinlarining asosiy qismi Zirabuloq jangida ishtirok etayotgan vaqtda, Samarqand shahrida qoʻzgʻolon boshlanadi.

Qamal va shahar mudofaasi

tahrir

Kaufman armiyasining asosiy kuchlari shaharni tark etishi Samarqandni qoʻldan chiqarish havfini tugʻdiradi. Shahar Shahrisabz beklarining 40 minglik qoʻshini tomonidan qamal qilinadi.

Oz sonli qoʻshini bilan butun shaharni mudofaa qila olmasligini sezgan Mayor Shtempel, askarlarini nisbatan havfli nuqtalardan olib, qalʼa ichiga chekinadi va garnizoniga qalʼani mudofaa qilishni buyuradi. Rus qoʻshini bilan birga Buxoroliklar shahar boshqaruviga qaytishiga qarshi boʻlgan, shahar ular tomonidan egallansa ushbu ozchiliklarga nisbatan repressiya keng qoʻllanilishidan havfsiragan koʻplab yahudiy oilalari va eronliklar, rus savdogarlari ham qalʼa ichiga bekinib, mudofaada ruslarga yordam berishadi. Ular orasida taniqli shaxslardan Oʻrta Osiyo boʻylab sayohatlar uyushtirgan mashhur rassom Vasiliy Vereshchagin ham boʻlib, rassom qalʼani himoya qilishda faol qatnashadi. Ushbu ziddiyatdagi jasorati uchun keyinchalik rassom Avliyo Georgiy xochi ordeni bilan taqdirlangan[8][5][9].

2-iyun kuni shahrisabzliklar nogʻora va surnay sadolari ostida shaharga bostirib kirib, har tarafga tarqaladi. Koʻp oʻtmay, ular maxsus asboblar bilan qalʼa devorlariga tirmashib chiqa boshlaydilar.

 
Samarqand qal’asini mudofaa qilish.

"Konstantin Petrovich fon Kaufman: Turkiston general-gubernatori." maqolasi uchun illyustratsiya.

N. Karazin chizgan rasm, oʻymakorlik. I. Matyushin. " Niva ", 1872-yil, № 52

Qalʼaning devorlarining qalinligi baʼzi joylarda 12 metrga yetganligi sababli hujum bilan devorlarni yorib oʻtib boʻlmasdi. Mudofaaning zaif nuqtasi sifatida ikki nuqta: janubiy devor tomonda Buxoro va sharqiy devorlardagi Samarqand nomli darvozalar koʻrilib, ularni mudofaa qilishga kirishiladi. Bu vaziyatda rus otryadi uzoq muddatli mudofaa uchun yetarli oʻq-dori va oziq-ovqatga ega boʻlgan. Qamalchilar birinchi hujumini Buxoro darvozasiga boshlaydilar, ushbu nuqtani mayor Albedil boshchiligidagi 77 askar himoya qiladi.

Shahrisabzliklar darvozani buzib, devordan oshib oʻtishga uch marta urinadilar, biroq har safar merganlarning otgan oʻqlari natijasida bunga erisholmaydilar. Mayor Albedil ogʻir yaralanadi. Hujumchilar darvozaga oʻt qoʻyishadi. Huddi shu paytda Samarqand darvozasini praporshchik Mashinning 30 nafar askari ximoya qilayotgan edi. Hujumchilar ushbu darvozaga ham oʻt qoʻyishadi, darvozadan oʻtishga harakat qilishadi, lekin rus askarlari nayzalar yordamida bunga yoʻl qoʻyishmaydi. Toʻqnashuvning qizgʻin pallasida praporshchik Sidorov boshchiligidagi 3-rotaning zaxiradagi askarlari Samarqand darvozasi himoyachilariga yordamga yetib keladi. Ushbu nuqtada dushman hujumini qaytarishga yordam bergan vzvod, tezda Buxoro darvozasini himoya qilayotgan Albedil otryadiga yordamga shoshadi.

Shahrisabzliklar darvozalardan tashqari qalʼaga sharqiy devordagi teshiklar orqali kirishga harakat qilishadi. Maxsus qoʻl va oyoqlarga kiyiladigan asboblar yordamida devorlarga tirmashib chiqishadi. Ammo yuqorida ularni rus askarlari miltiq oʻqlari bilan kutib olishadilar. Kechga tomon hujumlar toʻxtaydi, ammo ushbu vaqtinchalik muvaffaqiyat ruslarga qimmatga tushadi: 20 nafar oddiy askar va 2 ofitser halok boʻladi. Mudofaaning dastlabki ikki kunida ruslarning umumiy koʻrgan talofatlari oʻldirilgan va yaradorlar bilan birgalikda 150 kishini tashkil qiladi[10].

3-iyun kuni ertalab hujum qilish qayta jonlanadi. Yaralangan mayor Albedil oʻrniga Buxoro darvozalari mudofaasiga rasman hech qanday lavozimga ega boʻlmagan podpolkovnik Nazarov boshchilik qiladi. Bu ofitser jasur, lekin ichkilikka ruju qoʻygan, takabbur, hech qanday hokimiyatni tan olmaydigan odam sifatida nom qozongan boʻlib[11], askarlarni ruhlantirish va hatto tunda ham oʻz pozitsiyasini tark etmasligini koʻrsatib qoʻyish uchun oʻz lagerini darvoza yoniga tikishni buyuradi. Shahrisabzliklar ertalab soat 8 larda darvozaning kuygan qoldiqlarini sindirib, ruslar qurgan toʻsiqni buzib oʻtib, bitta toʻpni qoʻlga kiritadilar. Rus askarlari nayzalar bilan qoʻl jangiga kirishishadi. Shiddatli qoʻl jangidan soʻng qamalchilar chekinishadi, ammo tez orada boshqa yoʻnalishlarda hujumni boshlab yuborishadi.

Komendant, mayor Shtempel, zarurat tugʻilsa, saroyga chekinishni koʻzlaydi va saroy faol ravishda mudofaa holatiga keltiriladi. Rus garnizoni ichki kelishuviga koʻra, hujumlarga qarshilik qilishga imkon qolmasa ushbu soʻnggi chekinish nuqtasida barcha qurol, oʻq dorilarni portlatib yuborish rejalashitiriladi. Portlash uchun 4-iyunga oʻtar kechasi barcha porox va snaryadlar saroyga yigʻiladi[12]. 4, 5 va 6-iyun kunlari Shahrisabzliklar bir qancha hujumlar uyushtirgan boʻlsalarda, kuchlari zaiflashgani seziladi. Bundan xabar topgan garnizon qarshi hujum uyushtirishga kirishib, shahar kulbalariga oʻt qoʻya boshlaydi[9].

Bu orada qamaldan xabar topgan fon Kaufman qoʻshinini yigʻib, shoshilinch tarzda Samarqand tomon yuradi. 7-iyun kuni general Kaufmandan shaharga yaqinlashayotgani haqida xabar yetib keladi[9].

8-iyun kuni Buxoro qoʻshinlari shaharni shoshilinch ravishda tark etishga kirishadi va shaharda qolgan oz sonli dushmanga qarshi garnizon hujumga oʻtadi. Tez orada rus qoʻshinlarining ilk partiyasi yetib keladi va ularning ortidan general Kaufman otryadi bilan shaharga kirdi. Isyon koʻtargan aholini jazolash maqsadida, shahar markazidagi katta bozorni askarlariga talon-toroj qildirib, soʻngra yoqib yuboradi.

8 kunlik mudofaa davomida rus garnizonining yoʻqotishlari 49 kishini tashkil qiladi va 172 kishi yaralanadi.[13]

Natija

tahrir

Ruslarning Samarqanddagi gʻalabasidan soʻng Buxoro amiri tinchlik sulhini taklif qilishga majbur boʻladi. Rossiya imperiyasi ixtiyoriga katta hududlar topshiriladi.

Rossiya armiyasi uchun Samarqanddagi gʻalaba — Rus Turkistoni ustidan oʻrnatilgan mustahkam nazoratdan tashqari, Rossiyaning Qrim urushidan soʻng toptalgan gʻururi va harbiy salohiyatini qayta tiklagan muhim gʻalaba sifatida koʻriladi.

Manbalar

tahrir
  1. Терентьев М. А. История завоевания Средней Азии T. 1. SPb., 1903. str. 453
  2. „Хронологический указатель военных действий русской армии и флота. Том IV. 1855-1894 гг. стр.79“. 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
  3. Malikov A.M. The Russian conquest of the Bukharan emirate: military and diplomatic aspects in Central Asian Survey, volume 33, issue 2, 2014,pp.180-198
  4. Morrison, Alexander. Russian Rule in Samarkand 1868-1910: A Comparison with British India (en). OUP Oxford, 2008-09-11. ISBN 9780199547371. 
  5. 5,0 5,1 Soucek, Svat (2000). A History of Inner Asia. Cambridge University Press. ISBN 9780521657044. p. 198
  6. 霍渥斯. History of the Mongols: From the 9th to the 19th Century ... (en). 文殿閣書莊, 1880. 
  7. 霍渥斯. History of the Mongols: From the 9th to the 19th Century ... (en). 文殿閣書莊, 1880. 
  8. Morrison, Alexander. Russian Rule in Samarkand 1868-1910: A Comparison with British India (en). OUP Oxford, 2008-09-11. ISBN 9780199547371. 
  9. 9,0 9,1 9,2 Верещагин В. В.. На войнѣ в Азии и Европѣ. Типо-лит. Т-ва И. Н. Кужхнерев, 1898. 
  10. Abaza K. K. Zavoevanie Turkestana. Rasskazi iz voennoy istorii, ocherki prirodi, bita i nravov tuzemsev — SPb., 1902. — 310 s.
  11. 霍渥斯. History of the Mongols: From the 9th to the 19th Century ... (en). 文殿閣書莊, 1880. 
  12. Terentev M. A. Istoriya zavoevaniya Sredney Azii. T. 1. SPb., 1903. str. 465
  13. 150 let podvigu russkogo garnizona pri oborone Samarkanda. // Военно-исторический журнал. — 2018. — № 5. — 4-ya str. sv.vkl.

Adabiyotlar

tahrir
  • Samarqand mudofaasi // Harbiy va dengiz fanlari entsiklopediyasi / tahrir. G. A. Leera. turi. V. Bezobrazov va Comp. SPb. 1895-yil
  • Zaravshanskiy poxod 1868 g. // Harbiy entsiklopediya : [18 tonnada] / ed. V. F. Novitskiy… [