Samarqand sino aksiyadorlik jamiyati

Sino Samarkand aksiyadorlik jamiyati — mashinasozlik sanoati korxonasi. Maishiy sovitkichlar va muzlatkichlar, konditsionerlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Dastlab korxona "Samarqand sovitkichlar zavodi" nomi bilan 1973-yil dekabrda ishga tushirilgan. 1974-yildan KSH180 tipidagi "Samarqand" roʻzgʻor sovitkichlari ishlab chiqara boshladi. 1985-yildan "Snejinka", 1991-yildan "Sino" rusumli sovitkichlarni i.ch. oʻzlashtirildi. 1994-yildan hozirgi nomda. 2002-yildan "Parvina" kompaniyasi bilan hamkorlikda korxonani qayta qurish ishlari amalga oshirildi, korxonada 18 turdagi sovitkichlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxona Italiyadagi "Konnoy", "Galileo" kompaniyalarining eng zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. Korxonada yillik kuvvati 250 ming dona sovitkich, shuningdek, konditsionerlar ham ishlab chiqariladi. Mahsulotlari chet elga eksport qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil